Truxilo — Peruning gʻarbiy qismidagi shahar. Panamerika shossesi yoqasida. Libertad departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 652 ming kishi (2000). Kx (shakarqamish, paxta, sholi, kofe) mahsulotlari qayta ishlanadigan yirik markaz. Oziq ovqat, kimyo, koʻnteri sanoati, elektr jihozlari, kurilish materiallari i. ch. korxonalari mavjud. Shaharga 1543-yilda asos solingan. 17—18-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. 1970-yildagi zilzila shaharni vayron qilgan.