Tsuru no Ongaeshi (yaponcha: 鶴の恩返し?, lit. "Turnaning yaxshilikka javobi") insonning yaxshiligiga javob qaytargan turna haqida hikoya boʻlib, u Yapon folklori namunasi hisoblanadi. Hikoyaning odam oʻz yaxshiligiga javob qaytargan turnaga uylanishi tasvirlangan varianti ham mavjud boʻlib, u Tsuru Nyobo, yaʼni „Turna Ayol“ deb nomlanadi.

Yapon olimi Seki Keigoning soʻzlariga koʻra, bu hikoya Yaponiyada gʻayritabiiy sehrlangan juftliklar haqidagi „eng mashhur“ ertaklardan biridir[1].

Turnaning yaxshilikka javobi

tahrir

Bir kishi ovchilar tomonidan urib tushirilgan turnani qutqarib qoladi. Oʻsha kechasi erkakning eshigi oldida goʻzal bir qiz paydo boʻlib, uning xotini ekanligini aytadi. Erkak unga unga gʻamxoʻrlik qila oladigan darajada boy emasligini, faqat bir qop guruchi borligini aytadi. Oradan kunlar oʻtsa ham qopdagi guruch tugamaydi va doim toʻla boʻlib turadi. Ertasi kuni u erkakka boshqa xonaga kirib ketayotganini va oʻzi chiqmagunicha ortidan kirmaslikni aytadi. Oradan yetti kun oʻtadi va nihoyat u chiroyli kiyim koʻtarib tashqariga chiqadi, lekin u juda ozib ketgan holatda boʻladi. U erkakka ertasi kuni ertalab bozorga borishni va kiyimni juda qimmatga sotishni aytadi. Erkak uyiga qaytib keladi va kiyimni yaxshi narxga sotganini aytadi. Shundan soʻng ular badavlat boʻlib yashay boshlashadi. Ayol yana xonaga kirib, erkakka ishini tugamagunicha ortidan kirmaslikni aytadi. Erkakning qiziqishi kuchayib, ichkariga qaraydi va ayol aslida oʻzi qutqargan turna ekanligini bilib qoladi. Turna erkak o‘zining aslida kimligini bilib qolganini ko‘rgach, u yerda endi qola olmasligini va uchib ketib, boshqa qaytmasligini aytadi.

Turna ayol

tahrir

"Turna ayol" hikoyasida bir erkak odam qiyofasiga kirib olgan turna ayolga uylanadi, turna ayol pul topish uchun o‘z patlarini yulib, ipakdan mato to‘qiydi, erkak esa, uni sotib keladi. Ammo, ayol borgan sari zaiflashib boradi. Erkak ayolining aslida kimligini va uning kasal ekanligini bilib, qattiq xafa boʻladi. Ayoldan toʻqishni bas qilishini soʻraydi. Ayol bu ishni sevgi uchun qilganligini aytadi. Erkak qurbonliklarsiz ham sevgi mavjud ekanligini aytadi, ammo bu notoʻgʻri edi. Hikoyadan birov uchun qurbonliksiz yashaydigan odam turna bilan birga boʻlishga loyiq emas, degan xulosa chiqadi[2].

 
Xara Zaychu tomonidan ishlangan Ippontocho-zu asari

Tegishli variantlar

tahrir

„Mis dogʻli qirg‘ovul ayol“ filmida ayol mato to‘qimaydi, aksincha, eriga kamon oʻqi yasashi va musobaqada mukofot olishi uchun oʻz patlarini beradi. Erkak ayoliga xuddi „Turna ayol“ hikoyasidagidek munosabatda boʻlmaydi, aksincha, ularning munosabati „Turnaning yaxshilikka javobi“ hikoyasidagi kabi boʻlib, qirgʻovul ayol yaxshilikka javob bergach, erkakni tark etadi.

„Qush ayol“ hikoyasida esa, erkak yaralangan yovvoyi gʻozni qutqaradi. Bu hikoyada ayol oʻz xohishi bilan mato toʻqiydi. Keyin esa, bir kuni u gʻoyib boʻladi va erkak uni shu yerdagi hovuzdan topadi. U erkakka uning yaxshiligini qaytarishga harakat qilganini tushuntiradi va uchib ketishdan oldin matoni sotib topilgan pullarni bolasini parvarish qilish uchun ishlatishini iltimos qiladi..

"Tulkining ayoli" hikoyasida erkak tulkiga yordam beradi va tulki bu yaxshilikka javoban unga qayliq boʻlish uchun qaytib keladi. Bu ertakda tulki mato toʻqimaydi, balki dumi bilan pollarni supurishda yordam beradi. Er xotinining kimligini bilib qolgach, uni haydab yuboradi.

„Chigʻanoq ayol“ hikoyasida erkak eshik ostonasida sirli ravishda bir goʻzal ayol paydo boʻlganini koʻradi. Ular turmush qurishadi va ayol har kuni eriga mazali loviyadan shoʻrva pishiradi. Erkak qiz ovqat pishirayitganida uni kuzatib, shoʻrvaga mollyuska suyuqligini qoʻshayotganini koʻrib qoladi va qizni haydab yuboradi.

„Baliq ayol“ hikoyasida sahiy baliqchi tutgan baligʻini suvga qo‘yib yuboradi. Shundan keyin baliqchining eshigi oldida goʻzal bir ayol paydo boʻlib, uning ayoli boʻlishni istashini aytadi. Ayol eriga loviyali shoʻrva pishiradi, shoʻrva shunchalik mazali boʻlganidan, erkak uni qanday pishirilganiga qiziqa boshlaydi. Ayol ovqat pishirayotganda uni poylaydi va sho‘rvaga suyuqlik qoʻshayotganini koʻrib qoladi. Keyinchalik kechki ovqat paytida erkak bu haqida kinoya qilib gapiradi. Ayol endi oʻz uyiga qaytishi kerakligini anglab yetgach, eriga ertasi kuni u bilan uchrashish uchun hovuzga kelishini iltimos qiladi.Erkak hovuzga borganida ayol oʻzining aslida baliq ekanligini, erkak qilgan yaxshiligi uchun unga javob qaytarishni istaganligini aytadi. U suv ichida gʻoyib boʻlib, eriga bir quti oltin va kumush qoldirib ketadi.

„Ilon ayol“ hikoyasida beva erkakning eshigida go‘zal ayol paydo bo‘lib, shu yerda tunab qolishga ruxsat so‘raydi. Ular turmush qurishadi va ayol homilador boʻladi. Ayol eridan farzandi tugʻilish paytida uni holi qoldirishini iltimos qiladi. Erkak ayolini kuzatadi va u aslida ilon ekanligini bilib qoladi. Ayol erkak uning asl qiyofasini koʻrib qolgani uchun ketishga majburligini aytadi. U bolasining yonida qololmasligi sababli, uni ovqatlantirish uchun ikkita koʻzini beradi. Oʻgʻil voyaga yetganida koʻzi ojiz boʻlib qolgan onasini topib, unga gʻamxoʻrlik qiladi. [3]

Jumladan:

tahrir
  • Oqqush qiz
  • Yuki-onna
  • Hagoromo (pyesa)

Havolalar

tahrir
  1. Seki, Keigo. Folktales of Japan. Translated by Robert J. Adams. University of Chicago Press. 1963. p. 77. ISBN 9780226746142.
  2. Elder, John, and Hertha Dawn. Wong. Family of Earth and Sky: Indigenous Tales from around the World. Beacon Press, 1994.
  3. Mayer, Fanny Hagin. Ancient Tales in Modern Japan: an Anthology of Japanese Folk Tales. Indiana University Press, 1985.