Tubuai
Tubuai, Ostral orollari — Tinch okeandagi orollar guruhi, 5 ta oroldan iborat. Fransiya Polineziyasi tarkibida. Maydoni 174 km². Orollarning koʻpchiligi vulkan orollari, eng baland joyi 435 m. Mariya — marjon oroli. Iqlimi tropik, passatli iklim. Kokos palmasi, banan plantatsiyalari bor. Yevropadan sabzavot keltirib ekiladi. Orolni 1777 yilda ingliz dengizchi sayyohi J. Kuk ilk bor yevropaliklarga maʼlum qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |