Tudun
Tudun, tutun — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri.
Xoqon xonadoniga mansub va boʻysundirilgan viloyatlardagi hokimlar faoliyatini nazorat qilib, oʻlpon va soliqlar yigʻishni tashkil etish maqsadida tayinlangan noib unvoni. T. qad. turk bitiktoshlarida, xitoy, sugʻd, arab, fors, yunon manbalarida, sugʻdiy, baktriy yozuvli tangalarda uchraydi. Xitoyning Tanshu yilnomasida 7-asrning 40-yillaridan to 8-asrning 40-yillarigacha hukm surgan Choch hukmdorlari T. unvoni bilan kayd etiladi. Ushbu yilnomada Chochni turli yillarda idora qilgan 4 nafar T. haqida soʻz boradi. Choch hukmdorlarining unvoni T. boʻlganini boshqa tillardagi maʼlumotlar ham tasdiklaydi (mas., Mugʻqalʼahujjatlari). Arabfors manbalarida ham Choch hukmdorlari T. unvonida tilga olinadi.
Adabiyot
tahrir- Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar. T., 1992.
- Klyashtornyy S. G., Savinov D. G., Stepnyye imperii drevney Yevrazii. Sankt-Peterburg: Filologicheskiy fakul'tet SPbGU, 2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |