Tug'ma maymoqlik — tayanch-xarakat apparati tug'ma deformatsiyalari (nuqsonlari) ichida koʻp uchraydigani (xamma tug'ma deformatsiyalarning 35-38%) boʻlib, oʻgil bolalarda qizlarga nisbatan ikki barobar koʻp uchraydi. Ikki tomonlama maymoklik bir tomonlama maymoqlikka nisbatan koʻp uchraydi[1].

Tug'ma maymoqlik

Go'dakdagi tug'ma maymoqlik
KXK-10 M21.5, Q66.8
KXK-9 736.71, 754.5-754.7
OMIM 119800
MedlinePlus 001228

Etiologiya tahrir

Tug'ma maymoqlik — kelib chiqish sabablariga koʻra koʻp omilli kasallik xisoblanadi. Bu omillar quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:

  • Mexanik omillar xisobiga pusht rivojlanishining buzilishi (panja amniotik tortmalariga bosim, kindik bachadon mushaklari, suv taqchilligida oʻsmalarga taʼsir);
  • Pushtning Dastlabki paydo boʻlishidagi nuqsonlar; maymoqlikning tug'ma nuqsonlari — barmoqlarning chandig'i, «buri jag'» va boshqalar bilan birgalikda uchrashi;
  • Maymoqlikning tug'ma nuqsonlar bilan bogʻliq boʻlgan irsiy turi;
  • Toksoplazmoz natijasidagi xomila patologiyasi;
  • Orqa miya markazlari tomonidan Innervatsiyaning buzilishi;

Klinika tahrir

Tug'ma maymoqlikning 2 turi:

  • Tipik (80% atrofida)
  • Notipik (20% atrofida) farqlanadi. Tipik turi a)Kam uchraydigan va tez davolanadigan yengil turiga; b)Tez-tez kuzatiladigan, teri osti yog' qatlami va xarakatchan teri koʻzga yaqqol koʻrinadigan yumshoq toʻqimali payli turiga; v)Kam xarakatlanadigan terida oyoq panjasining tashqi tomonida suyak doʻmbog'i kuzatiladigan (tovon suyagi kengaygan tashqi to'piq, beshinchi oyoq kaft suyagining egri-bugriligi) suyakli turiga boʻlinadi. Maymoqlikning notipik shakliga artrogripoz va amniotik qisib bogʻlash va boshqalar natijasida kelib chikdan maymokliqlar kiradi. Tovonning maymoqlikdagi xolati quyidagi klinik belgilar bilan tavsiflanadi: 1)Oyoq, panjasi oldingi qismining kaft tomonga egilishi (ekvinus)[2]; 2)Asosan kaft oldi va tovonning oyoq panjasi, kaft tomoni bilan ichkariga buralishi (supinatsiya)[3]; 3)Oyoq panjasi oldingi qismining ichkariga keltirilishi (adduksiya). Tug;ma maymoqlikdagi tovonning oʻziga xos xolatidan tashqari, boldirning ichkariga buralishi, boldir oyoq panjasi boʻg'imida xarakatning cheklanishi kuzatiladi. Bola yura boshlaganidan keyin maymoqlik belgilari kuchayib boradi va oyoq panjasining tashqi satxdaagi terida qadoq hosil boʻladi, oyoq panjasi suyaklari bir-biriga nisbatan siljib, yangi boʻgʻim satxi xosil boʻladi, eskilari togʻay sathining atrofiyasi tufayli boʻshab qoladi. Maymoklik kasalligi bilan og'rigan bolalar bir oyoq panjasi ustidan ikkinchi oyoq panjasini oshirib qadam tashlaydilar. Boldir mushaklari atrofiyaga uchraganligi uchun ozg'in koʻrinadi. Tizza boʻgʻimi toʻgʻrilanib, qomati toʻppa-toʻgʻri holatni olib, nomutanosib va shoshmay yuradi.

Davolash tahrir

Konservativ va operativ yoʻl bilan olib boriladi. Bola tugʻilganidan 10-12 kun oʻtganidan keyin konservativ davolashni boshlash mumkin. Davolash shifokor rahbarligida ona tomonidan har kuni redressatsiya[4] (kuch bilan toʻgʻrilash) qilinib, erishilgan natija mustaxkamlanib boriladi. Yosh bolalarda oyoq panjasi suyaklari togʻaydan iborat boʻlib, faqat suyak hosil qiluvchi yadrolari boʻladi, oʻsish jarayonida har xil oʻzgarishlarga moyil boʻladi. Shuning uchun oyoq panjasi narkozsiz muayyan muolajadan soʻng oson korreksiyalanadi (toʻgʻrilanadi). Ular oyoq panjasining maymoqlikdagi xolati: supinatsiya, adduksiya va ekvinusga qarab toʻg'irlanadi. Maymoqlikning yengil turida maxkamlash (fiksatsiya) bint, og'ir xollarda bosqichli gips bogʻlami qoʻyiladi. Tug'ma maymoqlikning yengil turlarida (bint bilan korreksiya qilishdan tashqari) passiv korreksiyalovchi gimnastika, har gal bintni almashtirganda kuniga 3-5 daqiqadan boldirni va panjani 3-4 marta silash zarur.

Fink-Ettiigen texnikasi tahrir

Mushaklarni boʻshashtirish uchun bola oyog'ining tizza boʻgʻimi toʻgʻri burchak ostida bukiladi. Bintning uzunligi 2 metr, eni 5-6 sm. Maymoqlikni tuzatish deformatsiyaning sanab oʻtilgan komponentlari: supinatsiya, adduksiya va ekvinus xolatlarining tartibi boʻyicha amalga oshiriladi. R.R.Vreden ma'lumotiga ko'ra redressatsiya qilayotganda bolaning yig'lashi tabiiy xoldir, lekin «qattiq, yig'laganda» muolajani asta-sekin amalga oshirish talab etiladi.

Manbalar tahrir

Adabiyotllar tahrir

  • Травматология и ортопедия. Травматология и ортопедия. Юмашев Г.С(1990)
  • Шаповалов В.М., Грицанов А.И., Ерохов А.Н. (ред.) Травматология и ортопедия(1995)