Tugʻma kataraktalar
Tugʻma kataraktalarda — koʻz gavharining tugʻma yalligʻlanish kasalligi hisoblanadi[1]. Tugʻma katarakta bolalarda koʻrish organining barcha tugʻma nuqsonlari yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Kasallik ham bir tomonlama, ham ikki tomonlama boʻlishi mumkin, shuningdek, boshqa patologiyalar bilan birgalikda kelishi mumkin[2]. 2010-yilda dunyo boʻylab katarakta tufayli koʻrish qobiliyatini yoʻqotganlar soni 35,1 million kishini tashkil etgan va ulardan 10,8 millionga yaqin kishi esa butunlay koʻr boʻlib qolgan[3].
Tug'ma katarakta | |
---|---|
Diffuz yorug'lik ostida odam ko'zining kataraktasining kattalashtirilgan ko'rinishi. | |
KXK-10 | Q12.0 |
KXK-9 | 366 |
OMIM | 601371 |
DiseasesDB | [1] |
MedlinePlus | 001001 |
Patogenezi
tahrirKoʻz gavhari loyqalanishning qaysi qismga taalluqligiga qarab, oldi va orqa qutb kataraktasi (Cataracta polarisant. et posterior), kortikal katarakta (Cataracta corticalis), qavatma-qavat (cataracta zonularis), qobiq kataraktasi (cataracta capsularis) va toʻliq katarakta (cataracta totalis) deyiladi. Tugʻma kataraktaning oʻziga xos 3 asosiy belgisi bor:
- Ikkala koʻzda bir vaqtda paydo boʻladi.
- Konsistentsiyasi yumshoq boʻladi.
- Loyqalanish avj olmay bir xilda turadi.
Turlari
tahrir1.Oldi va orqa qutb kataraktasi
tahrirgavharning oldi va orqa qutbi markazida och koʻkimtir nuqtaga oʻshab turadi. Oldi qutb kataraktasi koʻzning ilk embrional davrida uning umumiy ektodermadan ajralish jarayoni paytidagi patologiyadir. Orqa qutb kataraktasi esa, shishasimon tana arteriyasi (a. hyaloidea) ning homiladagi bola tugʻilguncha soʻrilib ketishi lozim boʻlgan jarayon qandaydir sabab bilan oʻz vaqtidan kechroq tugaganida paydo boʻladi. Bu ikki koʻrinishdagi qutb kataraktasi kichkina (2-3 mm) boʻlgani uchun ko‘zning koʻrishi ham 4-5 qatorga teng boʻladi va uni operatsiya qilishga ehtiyoj qolmaydi[4].
2. Kortikal katarakta
tahrirEmbrional yadro atrofida loyqalanish paydo boʻlishidan vujudga keladi, bunda gavhar oq-koʻkimtir tus olib, diffuz loyqalanish boʻladi. Koʻzning koʻrishi pasayadi, operatsiya lozim boʻladi.
3.Qavatma-qavat zonulyar katarakta
tahrirGavhar markazidagi tiniq yadro va uning atrofidagi tiniq kortikal qismi orasida bir necha notiniq qavatlar oralab yotadi. Bu holat qorachiqni kengaytirib,nur yordamida qaralganda juda yaxshi koʻrinadi. Agar notiniq qavatlarda loyqalanish qalin boʻlsa, koʻzning koʻrish qobiliyati ham ancha pasayadi. Bunday bemorlarda gavharning o ʻrtasida loyqalanish yupqaroq bo‘lmagani uchun u qizgʻishroq va chetlari (ekvatorida) esa loyqalanish qalinroq boʻlgani va ekvator qirrasidan 5-6 ta arra tishi shaklidagi ayrim-ayrim boʻrtiqchalar chiqib turgani oʻziga xos koʻrinish beradi. Bu boʻrtiqchalar gavhar ekvatorining ustiga minib turgan „suvoriyni“ eslatadi. Yonidan yoritib qaralganda bu shakllar och va toʻq kulrang boʻlib koʻrinsa, o ʻtuvch nurlarda tekshirilganda bular qizil refleks fonida qora boʻlib koʻrinadi. Bu kataraktada ekvator sohasidagi loyqalanish qalinroq boʻlgani uchun u qoraroq, oʻrtasi yupqaroq boʻlgani uchun qizgʻishroq koʻrinib, teshik kulchani ham eslatadi.
4. Homila davridagi katarakta
tahrirGavharda modda almashinuvining buzilishiga, ayniqsa kaltsiy tuzlarining yetishmasligi sabab boʻladi. Bunday bolalarda raxit, spazmofiliya va tishlar patologiyasi ham boʻladi. Bolaning koʻrish qobiliyati juda past boʻlsa, operatsiya qilib loyqalangan massalar soʻrilib tashlanib, unga kontakt linza yoki koʻz ichiga linza qoʻyish tavsiya etiladi.
5. Kortikal27 diffuz kataraktada
tahrirGavharning hamma kortikal qismi bir xilda loyqalanadi. Yonidan yorugʻlik tushirib qaralganda qorachiq oq koʻkimtir tusda koʻrinadi. Gavhar notiniq boʻlgani uchun nur yurgizib koʻrib boʻlmaydi. Koʻzning koʻrishi juda pasayib, faqat yorugʻni koʻradi xolos. Shuning uchun kataraktaning bu turi qancha vaqtli operatsiya qilinsa, shuncha natijali boʻladi, chunki bunday koʻz uzoq vaqt koʻrmay yurganda toʻr pardadagi hujayralarning faoliyatsizligidan ko ʻrish qobiliyati susayib ambliopiyaga olib boradi.
Diagnostika
tahrirTashxisni tugʻilishda oddiy oftalmoskopiya va bilvosita oftalmoskopiya bilan sogʻlom bolada sezilarli darajada buzilgan qizil refleks yoki oftalmoskopiyada koʻrinmaydigan optik disk bilan aniqlash mumkin. Bunday belgilarga ega boʻlgan bolalar doimo oftalmologga shoshilinch ravishda koʻrsatilishi kerak, keyin ikki tomonlama tugʻma kataraktlarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash va protsedura 4-6 hafta davom etishi kerak. Oftalmolog kengaygan oʻquvchilar bilan koʻzlarni tekshiradi va, katarakt tashxisini tasdiqlash hamda, koʻzning boshqa tuzilmalari tarmoqqa taʼsir qilmasligiga ishonch hosil qilish uchun koʻzlarning ultratovush tekshiruvini oʻtkaziladi[5].
Davolash
tahrirAgar bolalarda konjenital katarakt tashxisi qoʻyilsa, davolanish toʻliq tekshiruvdan soʻng tuzilgan individual rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Agar linzalarning shaffofligining lokalizatsiyasi va oʻlchami vizual funksiyalarning toʻgʻri rivojlanishiga toʻsqinlik qilmasa, katarakt jarrohlik davolashni talab qilmaydi, ammo kasallik shifokor tomonidan kuzatilishi kerak[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Hamidova M.N.. Koʻz kasalliklari, 2006, Zar - qalam — 197-bet.
- ↑ Пашинова, Надежда Федоровна „Врожденная катаракта“. www.excimerclinic.ru. Офтальмологическая клиника «Эксимер». Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
- ↑ M. Khairallah, R. Kahloun, R. Bourne, H. Limburg, S. R. Flaxman. Number of People Blind or Visually Impaired by Cataract Worldwide and in World Regions, 1990 to 2010 // Investigative Ophthalmology & Visual Science. — 2015-10. — T. 56, vip. 11. — S. 6762—6769. — ISSN 1552-5783. — doi:10.1167/iovs.15-17201. Arxivirovano 12 marta 2018 goda.
- ↑ M.N. Hamidova. Tuman kataraktalar, 2006, Toshkent: Zar - qalam — 198-bet.
- ↑ Leila M. Khazaeni „Врожденная катаракта“. www.msdmanuals.com. СПРАВОЧНИК MSD Профессиональная версия (фев 2022). Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
- ↑ Пашинова, Надежда „Врожденная катаракта“. www.excimerclinic.ru. Офтальмологическая клиника «Эксимер». Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.