Tugʻruqxona — davolash-profilaktika muassasasi. Ayollarga xrmiladorlik, tugʻruq va chilla davrlarida malakali tibbiy yordam (qatnab yoki statsionar sharoitda) koʻrsatadi hamda ularga xos ginekologik kasalliklarni davolaydi, shuningdek, chaqaloqlarni parvarish qilish va tegishli tibbiy yordam koʻrsatish ishlarini olib boradi. 1996-yildan Oʻzbekistondagi mavjud T.lar tugʻruq majmui (kompleksi) deb yuritiladi, ular boshqa davolashprofilaktika muassasalari, xususan, oilaviy poliklinikalar bilan uzviy bogʻliq holda ish koʻradi, bu esa onalar va chakaloklar salomatligini muntazam nazorat qilish imkonini beradi. Koʻzi yoriydigan ayollarning turar joylaridan qatʼi nazar zarur hollarda tugʻruq majmuida zudlik bilan akusherginekologik yordam koʻrsatiladi (yana qarang Onalar va bolalar muhofazasi, Tugʻruq, Tugʻruqqa yordam berish). Hozir Oʻzbekistonda 54 ta tugʻruq majmui, 1 ta perinatal markaz, tuman markaziy kasalxonalari tarkibida 185 ta tugʻruq boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda; Toshkent shahrida esa 9 ta yirik tugʻruq majmui va 2 ta perinatal markaz ishlab turibdi (2004).

Yangi tugʻilgan chaqaloq





Manbalar

tahrir