Tukuman — Argentinaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Saladilo daryosi vodiysida. Tukuman provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 525,8 ming kishi (2001). Transport yoʻllari tuguni. Argentina shim. gʻarbiy qismining yirik iqtisodiy markazi. Shakarqand, kimyo, mashinasozlik, metallsozlik, poyabzal, tikuvchilik sanoati korxonalari; universitet bor. Shaharga 1565-yilda asos solingan. 1816-yilda T.da mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingan.