Tukuringra — Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi togʻ tizmasi. Yukrri Zeya tekisligi bilan AmurZeya platosi oraligʻida. Uz 230 km, oʻrtacha bal. 800–1200 m, eng baland joyi 1605 m. Eni 40–70 km. Suvayirgʻich qismi yassi boʻlib, gumbaz shaklidagi choʻqqilar koʻtarilgan. 700–800 m balandlikda tekislangan yuzalar bor. Yon bagirlari tik, uni kesib utuvchi daryolar chukur daralar hosil qilgan. Qad. muzlik relyef shakllari sakdangan. Mezozoy burmalanishi davrida shakllangan.

Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, uzoq davom etadi, yozi iliq. Yon bagʻirlarida tilogʻoch, oq qayin, qora qaragʻay oʻrmonlari, jan. yon bagʻirlarida qora qayin, Mongoliya emani ham usadi. Baland qismlarida pakana kedr changalzorlari, togʻ tundrasidan iborat, ancha qismi tosh qurumlari bilan qoplangan. Sharqiy qismida Zeya qoʻriqxonasi bor.