Toʻlqinjon Payziyevich Karimov (oʻzbekcha: Tulkinjon Payzievich Karimov; 1968-yil 10-mayda tugʻilgan, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi, 2015-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining III, keyinchalik IV chaqiriqlari va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Toʻlqinjon Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-may 1968-yil (54 yosh)
Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi
Taʼlim Toshkent davlat universiteti Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti
Ilmiy unvoni dotsentfan nomzodi

Biografiyasi

tahrir

Toʻlqinjon Karimov 1968-yil 10-mayda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent Davlat universitetini, 1998-yilda esa Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutida tahsil olgan[1]. Ixtisosligi - tarixchi, tarix va jamiyatshunoslik o‘qituvchisi, iqtisodchi. Siyosiy fanlar nomzodi.

Mehnat faoliyatini 1985-yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti izlanuvchi-tadqiqotchisi sifatida boshlagan. 1997-2011-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti katta o‘qituvchisi, prorektori, 2011- 2013-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo‘linmasi rahbari, 2013-2015-yillarda Andijon Mashinasozlik instituti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

Siyosiy faoliyati

tahrir

Toʻlqinjon Payziyevich 2015-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzosi bo‘lgan. 2020-yilda yana 4-chaqiriq Oliy Majlis deputatligiga saylangan.

Shuningdek, Karimov 2020-yil 11-sentabrdan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi aʼzosi sifatida qabul qilingan[2].

Mukofotlari

tahrir

Toʻlqinjon Karimov 2019-yilda O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ,,Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan[3].

Manbalar

tahrir