Tulsi Kumar
Tulsi Kumar Dua xalq orasida Tulsi Kumar nomi bilan tanilgan hind ijrochisi, musiqachi va Bollywood sanoatidagi aktrisadir. U T Series egasi boʻlgan biznesmen Gulshan Kumar va uning rafiqasi Sudesh Kumari oilasida tugʻilgan. U kino prodyuseri Bhushan Kumar va aktrisa Khushali Kumarning singlisi.[1] U, shuningdek, T-Series yozuvlar yorligʻiga tegishli YouTubeda Kids Hut kanaliga ega boʻlib, bu kanal bolalar uchun qoʻshiqlar va hikoyalarni oʻz ichiga olagan.[2]
Tulsi Kumar Dua | |
---|---|
Tavalludi |
Tulsi Kumar Dua 15-mart 1986-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa |
Faoliyat yillari | 2006-hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Hitesh Ralhan (turm. 2015) |
Otasi | Gulshan Kumar |
Onasi | Sudesh Kumari |
2009-yilda uning Love ho Jaaye debyut albomi chiqgan. Albom bilan birga Kumar titul trekka klip suratga olgan. Shuningdek, u Paathshaala filmidagi Mujhe Teri va Once upon a Time in Mumbai filmidagi Tum Jo Aaye qoʻshiqlarini kuylagan.
U 2015-yilda „Mainu Ishq Da Lagya Rog“ qoʻshigʻini kuylagan, singlisi Xushali shu qoʻshiq orqali ekrandagi debyutini qilgan. Bu Dil Hai Ke Manta Nahin filmidagi asl qoʻshiqning qayta yaratilgan versiyasidir.
Kumar 2016-yilda „Soch Na Sake“, „Sanam Re“, „Nachange Sari Raat“, „Ishq Di Latt“, „Salamat“, „Dekh Lena“, „Wajah Tum Ho“, „Dil Ke Pass“ va „Dil Mein“ qoʻshiqlarini kuylagan.[3]
2020-yilda, COVID-19 blokirovkasi paytida u Tere Naalda Darshan Raval, Naamda Millind Gaba bilan hamkorlik qilgan bir nechta qoʻshiqlarini chiqargan. Uning Tanhaai blockbuster singli T-Series rasmiy YouTube kanalida chiqqan va YouTubeda 11 milliondan ortiq tomosha qilingan.
2021-yilda Kumar Jubin Nautiyal bilan birgalikda kuylangan "Pehle Pyaar Ka Pehla Gham" singlini chiqargan.[4] Klipda Part Samthaan va oʻzining singlisi Xushali suratga tushgan. 2021-yil fevral oyida u Nautiyal bilan birgalikda Himansh Kohli va Sneha Namanandi ishtirokida yangi „Main Jis Din Bhula Doon“ qoʻshigʻini chiqargan.
U 2021-yil fevral oyida Indie Hai Humning 2-mavsumini boshlovchilik qilgan.
Maqtovlari
tahrirKumar bir qancha mukofotlarga sazovor boʻldi, shu jumladan, 2017-yilda „Soch Na Sake“ qoʻshigʻi uchun Xalqaro Hindiston Film Akademiyasining „Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi“ mukofoti,[5] 2017-yilda „Soch Na Sake“ filmi uchun tinglovchilar tanlagan „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ sifatida Mirchi musiqa mukofotini qoʻlga kiritgan. Kabir Singhga saundtreki uchun „2020-yilning eng yaxshi albomi“ sifatida Music Awards mukofotini olgan.[6] U, shuningdek, 2010 va 2019-yillarda IIFA mukofotlarida „Eng yaxshi ayol ijrochi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan.[7]
Diskografiyasi
tahrirYil | Albom | Qoʻshiq | Qoʻshiq prodyuseri | Hamkor-qoʻshiqchilar |
---|---|---|---|---|
2006 | Chup Chup Ke | "Mausam Hai Bada Qatil" | Himesh Reshammiya | Sonu Nigam |
"Shabe Firaaq" | Himesh Reshammiya | |||
Humko Deewana Kar Gaye | "Humko Deewana Kar Gaye" | Anu Malik | Sonu Nigam | |
"Humko Deewana Kar Gaye — Sad II" | yakkaxon | |||
"Tum Sansoon Main" | Himesh Reshammiya | Himesh Reshammiya | ||
Aksar | "Mohabbat Ke" | |||
Tom, Dick, and Harry | "Tere Sang Ishq" | |||
Phir Hera Pheri | "Dil Naiyyo Maane Re" | |||
Ahista Ahista | ||||
Dil Diya Hai | "Afsana" | |||
"Mile Ho Tum" | ||||
Rocky: The Rebel | "Teri Yaad Bichake Sota Hoon" | |||
Zindaggi Rocks | "Meri Dhoop Hai Tu" | Anu Malik | Javed Ali | |
2007 | Aggar | "Aggar" | Mithoon | Hamsa |
Darling | "Akele Tanha" | Pritam | yakkaxon | |
"Saathiya" | Adnan Sami | |||
"Hasaye Bhi" | Shaan | |||
"Tadap Tadap" | Himesh Reshammiya | |||
Raqeeb | "Tum Ho" | Zubeen Garg | ||
Nehlle Pe Dehlla | "Parvar Digara" | KK | ||
"Dil Naaiyo Mane Re" | Himesh Reshammiya | |||
Bhool Bhulaiyaa | "Letʼs Rock Soniye" | Shaan | ||
"Sakiya Re Sakiya" | yakkaxon | |||
2008 | Karzzzz | "Tere Bin Chain Na Aave" | Himesh Reshammiya | |
"Soniye Je Tere" | ||||
2009 | Billu | "Love Mera Hit Hit" | Pritam | Neeraj Shridhar |
Jai Veeru | "Sufi" | Bappi Lahiri | Saim Bhatt | |
8 X 10 Tasveer | "Hafiz Khuda" | Salim-Sulaiman | Mohit Chauhan | |
"Kuch Is Tarah" | ||||
"Aaja Maahi" | Neeraj Shridhar | |||
2010 | Dulha Mil Gaya | "Shiri Farhad" | Pritam | Neeraj Shridhar |
Chance Pe Dance | "Rishta Hai Mera" | Adnan Sami | Shaan | |
"Pe… Pe… Pepein…." (Duet) | Pritam | Neeraj Shridhar, Master Saleem, Hard Kaur | ||
Paathshala | "Mujhe Teri" | Hanif Sheikh | Hanif Sheikh, Akansha Lama | |
Once Upon A Time in Mumbaai | "Tum Jo Aaye Zindagi Mein" | Pritam | Rahat Fateh Ali Khan | |
"Pee Loon" | yakkaxon | |||
Aashayein | "Dilkash Dildaar Duniya" | Shaan | ||
2011 | Ready | "Humko Pyar Hua" | Pritam | KK, Pritam |
"Meri Ada Bhi (Ishq Ne Mere)" | Rahat Fateh Ali Khan | |||
2020 | Street Dancer 3D | "Lagdi Lahore" | Sachin-Jigar, Guru Randhawa | Guru Randhawa |
Baaghi 3 | "Dus Bahane 2.0" | Vishal-Shekhar | KK, Shaan, Vishal-Shekhar | |
2022 | Bhool Bhulaiyaa 2 | "Hum Nashe Mein Toh Nahin — Lofi Revibed" | Pritam |
Manbalar
tahrir- ↑ „In father's footsteps“. The Hindu. 14-sentabr 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2009-yil.
- ↑ Shah, Karan. „T-Series launches a new YouTube channel for kids“. Indian Express (17-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Watch: Gulshan Kumar's daughter Khushali makes screen debut with revived 'Mainu Ishq Da Lagya Rog'“. DNA India. Qaraldi: 14-oktabr 2015-yil.
- ↑ „Watch New Hindi Trending Song Music Video – 'Pehle Pyaar Ka Pehla Gham' Sung By Tulsi Kumar, Jubin Nautiyal Featuring Khushali Kumar, Parth Samthaan | Hindi Video Songs — Times of India“ (inglizcha). The Times of India. Qaraldi: 21-yanvar 2021-yil.
- ↑ „IIFA Awards 2017: List Of Winners“. NDTV.com. Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
- ↑ „MMA Mirchi Music Awards“. MMAMirchiMusicAwards. Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
- ↑ „IIFA 2019 nominations: Andhadhun grabs maximum nods, Raazi and Padmaavat follow“ (inglizcha). The Indian Express (28-avgust 2019-yil). Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.