Tuluza
Tuluza — Fransiyaning jan. qismidagi shahar. Yuqori Garonna departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 398,4 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Garonna daryosi boʻyidagi port. Aviatsiya, raketasozlik, radioelektronika, kimyo, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, rassomlik va haykaltaroshlik muzeylari bor. Kosmik tadqiqotlar markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan 11 —18-asrlarga oid binolar, xususan, roman cherkovi (11 —13-asrlar), romangotika sobori (12—16-asrlar) va boshqa saqlangan. T. oʻrnida mil. av. gallar qabilasining manzilgohi boʻlgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |