Tumonbay Bayzaqov prospekti — (qirgʻizcha: Түмөнбай Байзаков проспекти) Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod shahri markazidagi shox koʻcha[1].

Tumonbay Bayzaqov
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Qirgʻiziston
Hudud Jalolobod viloyati
Shahar Jalolobod shahri
Uzunligi 3 km
Avvalgi nomlari Lenin koʻchasi

Joylashuvi

tahrir

Tarixi

tahrir

Koʻcha 2023-yilning avgust oyigacha Lenin koʻchasi deb atalib kelgan. 2023-yilda qirgʻiz oqini va tarjimoni Tumonbay Bayzaqovning sharafiga qayta nomlanib, koʻchani kengaytirish va taʻmirlash ishlari olib borildi. 2023-yilning 29-avgust kuni Prezident Sadir Japarov Jalolobod viloyatiga amaliy tashrifi doirasida Jalolobod shahrida Tumunbay Bayzaqov nomidagi yangi markaziy xiyobon va koʻchani ochilish marosimida ishtirok etgan[2].

Binolari va qurilishlar

tahrir

Sobiq Lenin koʻchasi shaharning eng yirik koʻchasi hisoblanib, bu koʻchada Jalolobod viloyati gubernatorligining binosi, shahardagi Toʻqtogʻul Satilgʻanov nomidagi istirohat bogʻi[3], Moʻl-moʻl mehmonxonasi, Aygul savdo markazi, Avtovokzal, shahardagi eng yirik uch bozor (Shaftolizor, Markaziy, Baraka bozori) va bir qancha savdo markazlari va binolar joylashgan.

Koʻchada ikki dona yoʻlovchilar uchun osma koʻprik[4][5] va yer osti yoʻllari qurilgan[6]. Koʻchaning osma koʻprik va yer osti yoʻllari oʻtuvchi qismi 2015-yilda 4 metrgacha kengaytirilgan[7].

Avvalgi qurilishlar

tahrir

Lenin koʻchasida sovet davrida qurilgan paxtani qayta ishlash zavodi boʻlgan. Keyinchalik bu zavod xususiy tomonlarga berilib, oʻrniga Baraka bozori va bir qancha savdo markazlari shuningdek koʻp qavatli uylar qurilgan. Shungdek bu koʻchada Adliya vazirligiga qarashli 10-sonli axloq tuzatish koloniyasi va Qorovul-konvoy boshqarmasiga qarashli 5-sonli bataloni binolari mavjud boʻlgan[8].

Manbalar

tahrir