Tunbosh (Lepidium) — karamguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bir yillik, ikki yillik oʻt, baʼzan chala buta. 150 ga yaqin turi mavjud. Oʻrta Osiyoda koʻpincha lad mi yerlarda uchraydi. Oʻzbekistonda qoratundak, baqajoʻxori, zarquloq turlari tarqalgan. Guli mayda, toʻpgulli shingil; gulbargi oq, baʼzan gulbargsiz. Mevasi ikki urugʻli koʻzoq. Oʻtkir koʻlansa hidli boʻlgani uchun qandalaga qarshi ishlatiladi.