Tunuka — metall ni prokatlab tayyorlanadigan yupqa yumshoq poʻlat list. Listning qalinligi, eni va uzunligi boʻyicha standartlab qoʻyiladi (qarang Standartlash). Qalinligi odatda 0,21—0,30 mm va 0,30—0,48 mm, 0,45—1,0 mm boʻladi. Tashqi koʻrinishiga koʻra, ruxlangan oq va ruxlanmagan qora T.lar farklanadi. T. listlari issiq holatda 8 tadan, sovuq holatda 4 tadan qoʻyib prokatlanadi. Listlarni sovuqlayin prokatlash usuli keng tarqalgan. T.ni zanglash (korroziya) dan asrash uchun sirtiga himoya qatlami (rux, xrom, maxsus lok va boshqalar) qoplanadi. T.lar imorat tomlarini yopishda, turli roʻzgʻor buyumlari (manti qasqon, samovar karnay va boshqalar) tayyorlashda ishlatiladi.