Tunukasozlik — tomlarga tunuka qoqish, tunukadan turli asbobanjomlar (pechlar, dudburonlar, ularga qalpoklar va boshqalar) yasash bilan shugʻullanish kasbi; hunarmandlikning bir turi. Tomga tunuka qoquvchi usta tunukach i, tunukachilik ustaxonalarida tunukadan turli asbobanjomlar yasovchi mutaxassis tunukasoz deb ataladi. Odatda, mohir tunukachi T. qilib ham ketaveradi yoki aksincha.