Xoshimboyeva Xusnora 21_02 Agrokimyo VA agrotuproqshunoslik Tuproq morfologiyasi Tuproq geografiyasi - tuproqshunoslik fanining boʻlimi; tuproqlarning Yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini tuproqgeografik rnlashtirish maqsadida oʻrganadi. Aniqlangan qonuniyatlar asosida har xil tuproq tiplari, turlicha tabiiy va samarali unumdorlikka ega boʻlgan yerlar miqdoriy inventarizatsiya qilinadi Umumiy va maxsus (mintaqaviy) T.g .ga boʻlinadi. Umumiy T.g . tuproq paydo boʻlish omillarini oʻrganadi, ularning turli tiplariga taʼrif beradi va geografik joylanishining umumiy hamda xususiy qonuniyatlarini aniklaydi. Maxsus T.g . esa tuproq rnlashtirish masalalarini oʻrganadi va maʼlum hududdagi tuproqlarni taʼriflash hamda xaritalarini tuzish bilan shugʻullanadi. T.g . tuproqlarning geografik joylanishini asosiy tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bogʻliklikda qiyosiygeografik usulda oʻrganadi. T.g . maʼlumotlari tuproq xaritasini tuzishda nazariy asos boʻlib, qishloq xoʻjaligi.da asosiy ishlab chiqarish. vositasi boʻlgan yerdan unumli foydalanishda katta ahamiyatga ega. E'tiboringiz uchun Rahmat