Tuproqqal’a – Xorazm viloyati Shovot tumani Anbar-Manoq qishlogʻida joylashgan. Shovotdagi Tuproqqal’a 4 gektar maydonni egallagan. Gʻayratdin Xodjaniyozovning Qadimgi Xorazm inshootlari monografiyasida Xorazm vohasida Tuproqqal’a nomi bilan 7 ta manzilgoh bor deb yozadi[1]. Bular quydagilar; 1. Milodiy I-III asrlarga taluqli boʻlib Ellikqal’a tumanida (Qoraqolpogʻiston);

Tuproqqalʼa
Manzilgoh Xorazm, Shovot Oʻzbekiston
Turi Manzilgoh
Makon qaydlari
Qazish sanalari 1999-2000

2. Mill.avv IV-III asrlarga taluqli Xorazm viloyati Shovot tumanida

3. Mill.avv IV-III asrlarga taluqli Xiva tumanida;

4. Mill.avv IV-III asrlarga taluqli Yangiariq tumanida;

5. Mill.avv IV-III asrlarga taluqli Hazorasp tumanida;

6 va 7 mill.avv V-III asrlarga taluqli Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida joylashgan.

Oʻrganilish tarixi

tahrir

1999-2000 yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasining Tarix, arxeologiya va falsafa boʻlimining hodimlari Shovot tumanidagi Tuproqqal’a majmuasini oʻrandilar. Tadqiqotchilar Tuproqqal’aning paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi 3 bosqichdan iborat ekanligini yozadilar[2]. GʻXodjaniyozovning Qadimgi Xorazm mudofa inshootlari monografiyasida Shovotdagi tuproqqal’a dumaloq shaklda boʻlganligini va uning diametri 260 metrga yaqinligini yozadi[3].

Manbalar

tahrir
  1. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari" monografiyasida.(Toshkent.2007
  2. QADIMIY XORAZM QALALARI VA ULARDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR.Razzoqberdi Abdirimov, Umid Bekmuhammad. Xiva.2021
  3. Qadimgi Xorazm mudofaa inshootlari" monografiyasida.(Toshkent.2007