Turgut Ishonjonovich Muhammadxonov (1927—1997) — sovet va oʻzbek vinosi ishlab chiqaruvchisi, bir qancha yangi vino navlarini yaratgan. Texnika fanlari nomzodi (1967), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis, SSSR qishloq xoʻjaligi aʼlochisi.

Turgut Muhammadxonov
Turgut Muhamedxonov Ishanjanovich
Tavalludi 1927-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 1997-yil
Sohasi vino texnologiyasi va kimyosi
Ish joylari Uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti (Samarqand), Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Institutlar Markaziy Osiyo politexnika instituti
Ilmiy darajasi Texnika fanlari nomzodi
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

Turgut Muhammadxonov 1927-yilda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1950-yilda Oʻrta Osiyo politexnika institutining (hozirgi Toshkent Davlat texnika universiteti) oziq-ovqat fakultetini tamomlagan, vino va alkogol ishlab chiqarish muhandis-texnologi mutaxassisligini olgan.

1950—1953-yillarda Samarqand shahridagi Uzumchilik ilmiy tadqiqot instituti texnologiya boʻlimida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1953-yilda R. R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga (hozirgi akademik M.Mirzayev nomidagi) ishga kirgan. Vinochi, ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1958-yilda vinochilik filialiga direktor etib tayinlangan. Uning boshchiligida yangi tajriba zavodi qurilgan.

1967-yilda Muhammadxonov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

26 ta ilmiy ishlar muallifi, bitta mualliflik guvohnomasini rasmiylashtirgan, oltita yangi vino brendini yaratgan va ishlab chiqarishga joriy qilgan: „Malohat“ (1972-yilda Bolgariyada oʻtkazilgan xalqaro vinolar tanlovida oltin medal bilan taqdirlangan[1]), „Ofarin“, „Gulob“, „Gulro“, „Chexra“ va „Xinagul“.

Muhammadxonov ikki marta „Mehnatdagi jasorat uchunmedali (1966 va 1976-yillar), shuningdek, „Jasoratli mehnati uchun“ (1970) medallari bilan taqdirlangan. 1970-yilda O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan muhandis va SSSR qishloq xo‘jaligi aʼlochisi unvonlarini olgan[2].

Turgut Muhammadxonov 1997-yilda vafot etgan.

Manbalar tahrir

  1. Vinnie sorta vinograda Uzbekistana Arxivnaya kopiya ot 11 iyunya 2020 na Wayback Machine Zooinjenerniy fakultet MSXA
  2. Валуйко Г.Г. Известные виноделы СНГ. Симферополь: Таврида, 2008.  (Wayback Machine saytida 2022-03-15 sanasida arxivlangan)