Tyuringiya, Tyuringiya Respublikasi (nemischa: Thüringen) — Olmoniya yeri. Poytaxti - Erfurt. Maydoni - 16 251 km2. 2 378 000 nafar aholi istiqomat qiladi. Mamlakatnig markaziy qismida, Tyuringiya soyligi atrofida, Tyuringiya Oʻrmonlarida joylashgan. Tyuringiya 5 ta federal yer bilan chegaradosh. Maydoni 16,2 ming km². Aholisi 2,4 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Erfurt sh.

Tyuringiya — Olmoniya hududidagi tyuringlarning qad. viloyati. 1130-yildan landgraflik, 16-asr oʻrtalaridan Saksoniya qirolligi va bir qancha knyazliklar tarkibida boʻlib keldi. 1918-yilda knyazliklar barham topib. Tyuringiya yeri tashkil etildi. 1945-yil fashistlar Olmoniyasi parchalanib, Tyuringiya Sovet Ittifoqi okkupatsiya zonasiga oʻtdi. 1949-yildan Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida 3 okrugga ajratildi. 1990-yilda Olmoniya birlashgach, okruglari ham birlashtirilib, Tyuringiya Respublikasi tashkil etildi.

Tyuringiyani muhim transport yoʻllari kesib oʻtganligi sababli, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi uchun sharoit kulay boʻlgan. Tyuringiya qadimdan hunarmandchilikning, ayniqsa, ov va sport qurollari ishlab chiqarish. markazi edi. Konchilik, elektrotexnika, keramika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, tikuvchilik, kimyo sanoatlari rivojlangan. Chinni va shisha buyumlar, oʻyinchokdar ishlab chiqariladi. Stanoksozlik, optikamexanika, avtomobilsozlik korxonalari mavjud. Tyuringiyada 3 unt, bir nechta maxsus oliy oʻquv yurti, 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituta va texnik markazlar bor. Qishloq xoʻjaligida donli ekinlar, raps, kartoshka, qand lavlagi ekiladi. Tyuringiya — I.V.Gyo’te, I. Bax va boshqa mashhur shaxslar vatani.

Havolalar tahrir