Turk, turk zarb — 1) oʻtmish musiqa risolalarida muayyan ritm tuzilmalari, doyra usullari (mas., Turkiy asli jadid, Turkii asli qadim, Turkii xafif, Turkii sariʼ); 2) 3 qismdan iborat xalq kuyi. Uning 1qismi Chapandoz (Nasrulloyi), 2si Ufar, 3qismi Qashqarcha usulida ijro etiladi. Navoiyning "Mezon ulavzon" asarida koʻrsatilishicha, 15-asrlarda mashhur xalq qoʻshiklaridan biri turkii deb atalgan; 3) mashhur avjlardan biri, Avji T., T.ii avj deb ham yuritiladi. Domla Halim Ibodov xabariga binoan, T. avjini bundan 300 yil muqaddam yashagan Navruz Ali ismli hofiz yaratgan. T. Shashmaqom ashula yullarida, yirik shakldagi xalq kuy va ashulalarida koʻplab uchraydi. T. avji namud vazifasini bajarib, musiqa asarini shaklan kengaytirish va mazmunan boyitishda muhim rol oʻynaydi. T.ning kuy tuzilishi murakkab, u yoqimli, oʻta lirik kayfiyat baxsh etadi. Shashmaqomda Buzruk maqomining Nasrulloyi, Savti Sarvinoz (5 qismli) shoʻʼbalarida, Navoning Savti Navo (5 qismli), Segohning Navroʻzi Xoro, Moʻgʻulchai Segoh shoʻʼbalari va Figʻon1—2, Nimchoʻponiy qismlari va boshqa da uchraydi. Ularning tarkibida T. kengaytirilgan yoki qisqa shakllarda keladi, turli doyra usullariga tushirilganda turlicha tusga kiradi. T. foydalanishga juda qulay boʻlib, koʻpincha kuy ladining VII pogʻonasidan ulanadi. Bastakor va kompozitorlar asarlarida undan keng foydalanilgan: Karimqulbek ("Karimqulbegi"), Hoji Abdulaziz ("Guluzorim"), Rizqi Rajabiy ("Ovoraman", "Yashnasun"), K.Jabborov ("Etmasmidi") va boshqa Ad.:Uspenskiy V.A., Nauchnoye naslediye. Vospominaniya sovremennikov. Pisma, T., 1980.