Turkiya Konstitutsiyasining tarixi

Turkiyaning konstitutsiyaviy tarixi turk huquqi tarixining boshlanishi 1876-yilda Usmonli imperiyasining birinchi asosiy qonunining qabul qilinishi bilan boshlangan davrdir. Turkiya Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi 1921-yilda ratifikatsiya qilingan va keyin 1924, 1961, 1982 va oxirgi marta 2010-yilda qayta ko'rib chiqilgan[1].

1876-yil Usmonlilar Konstitutsiyasi

2005-yildan boshlab Adolat va Taraqqiyot partiyasi Turkiyaning parlament boshqaruv shaklidan prezidentlik respublikasiga oʻtishi uchun kampaniya targ'ibot ishlarini olib bordi. 2017-yil 16-aprelda konstitutsiyaviy referendum boʻlib oʻtdi, unda Turkiya saylovchilari prezidentlik respublikasini barpo etish, bosh vazir lavozimini bekor qilish, parlament deputatlari sonini koʻpaytirish va sud prokuratura oliy kengashi islohotini yoqlab ovoz berdi[2][3].

Asosiy qadamlar

tahrir

Turkiya asrlar davomida bir necha konstitutsiyaga ega edi.

1876-1878-yillar - birinchi Usmonlilar Konstitutsiyasi.

1909-1920 - Usmonlilarning ikkinchi konstitutsiyasi, 1876-yilgi oʻzgartirilgan konstitutsiya: konstitutsiyaviy parlament monarxiyasi tiklandi, ikki palatali parlament tuzildi, koʻppartiyaviylik tizimi joriy etildi.

1921-1924 - Turkiya Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi; milliy suverenitet prinsipi e'lon qilindi, bir palatali parlament (Turkiya Buyuk Millat Majlisi) joriy etildi, monarxiya rasmiy ravishda bekor qilinmadi, lekin amalda Turkiya respublikaga aylandi.

1924-1961 - 1921-yil yakuniy konstitutsiyasi: monarxiya tugatildi, Turkiya respublika deb e'lon qilindi.

1961-1982-yillar - 1924-yilgi o'zgartirilgan konstitutsiya: hokimiyatning boʻlinishi prinsipi va ayrim fuqarolik huquqlari e’lon qilindi, parlamentning yuqori palatasi Senat va Konstitutsiyaviy sud joriy etildi, ijro hokimiyati vakolatlari kengaytirildi.

1982-2010-yillar - konstitutsiyaning yangi tahriri; harbiy tuzumdan demokratik respublikaga o'tish tartibga solindi, Senat tugatildi, mamlakat bir palatali parlamentga qaytdi.

2010-yil - Turkiya qonunchiligini Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirish uchun 1982-yil Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritildi.

2017-yil - mamlakatda konstitutsiyaviy referendum bo'lib o'tdi.

Manbalar

tahrir
  1. Георгиян 1975.
  2. Желтов М. В. „Конституционный референдум в Турции: восход Эрдоганского султаната“. ИнтерИзбирком. Информационно-аналитический портал о выборах в мире (2017-yil 19-may). 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-may.
  3. Suzan, Fraser. „Turkish assembly passes polemic bill to boost Erdogan powers“. Associated Press (2017-yil 21-yanvar). 2020-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-yanvar.

Adabiyotlar

tahrir
  • Yılmaz, Faruk. Türkiye'de Anayasal Gelişmeler ve Özellikleri. Ankara: Net Yayınları, 2016. 
  • Bozkurt, Gülnihal. Devleti'nden Türkiye Cumhuriyeti'ne resepsiyon süreci (1839-1939), Atatürk Kültür, Dil ve Tarih Yüksek Kurumu Türk Tarih Kurumu yayınları. Ankara: Türk Tarih Kurumu, 1996. ISBN 975-16-0702-7. 
  • Георгиян Э. А.. Турецкая Республика : Основные институты государственного строя. M.: Наука, 1975. 

Havolalar

tahrir