Turkman — oʻzbek urugʻlaridan biri. T. hozirgi Turkmaniston hududida yashovchi T. xalqidan til, antropologik tuzilishi va etnik tarkibi bilan farq qilgan. Oʻzbek T.lari keyingi ming yillar davomida Nurota togʻ etaklarida shakllangan. T. 2 katta guruh (yigirma toʻrt ota va besh ota manqishlov)ga, bu guruhlar ham, oʻz navbatida, bir necha qabila va urugʻlarga boʻlingan. T.lar chorvachilik, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar.Turkman urug'i baʻzi manbalarga ko'ra Kaspiybo'yi yerlaridan XVIII asrda koʻchib kelgan Turkman urugʻining bir qismi Navoiy viloyati Nurota tumanida yashaydi ulardan Boʻgʻajil Turkman boʻlib ular hozirgi vaqtda Nurota shahri va uning atrofida istiqomat qilib kelmoqdalar va Nurota tuman Qizilcha Choʻpon obod qishlogʻlarida esa Qora Turkman (Jadir)lar ham yashaydi.