Turkmaniston — Tojikiston munosabatlari

Turkmaniston — Tojikiston munosabatlari — Turkmaniston va Tojikiston oʻrtasida ikki tomonlama diplomatik aloqalar. Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlgan har ikki mamlakat mustaqillikni qoʻlga kiritgandan keyin 1993-yil 27-yanvar kuni oʻzaro diplomatik aloqalarni oʻrnatganlar[1]. Ikki davlat oʻrtasida hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa sohalarda rivojlanib bormoqda. Ikki davlat oʻrtasida turli sohalarda 60 dan ortiq davlatlararo va hukumatlararo hujjatlar imzolangan.

Turkmaniston — Tojikiston munosabatlari

Turkmaniston

Tojikiston

Tarix tahrir

Mamlakatlar oʻrtasida diplomatik aloqalar 1993-yil 27-yanvarda Turkmaniston va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalarni oʻrnatish toʻgʻrisidagi Protokol imzolanishi bilan oʻrnatilgan[2].

1995-yil iyul oyida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon amaliy tashrif bilan Ashxabodga keldi. 1999-yil aprel oyida Imomali Rahmon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etish uchun Turkmanistonga ish tashrifini amalga oshirgan.

2007-yil oktabr oyida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan Tojikistonga kelgan. 2007-yil dekabrda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon javob tashrifi bilan Turkmanistonga kelgan.

2009-yilda Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Turkmanistonga ishc tashrifi boʻlib oʻtgan.

2014-yil 5-6-may kunlari Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasida boʻldi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik tahrir

Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2013-yil oxirida 119,3 million dollarni tashkil etdi[3].

Tojikiston Turkmanistondan neft mahsulotlari, tozalangan paxta yogʻi, sement sotib oladi.

Turkmaniston Tojikistondan isteʼmol tovarlari, alyuminiy va alyuminiy mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini import qiladi.

Manbalar tahrir

  1. „Türkmenistanyň diplomatik gatnaşyklary“ (deadlink). 2015-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-fevral. (Wayback Machine saytida 2015-02-02 sanasida arxivlangan)
  2. Визит дружбы и взаимовыгодного партнёрства, 2017-07-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-30
  3. „Таджикистан-Туркменистан: хронология отношений“ (deadlink). 2015-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-fevral. (Wayback Machine saytida 2015-02-02 sanasida arxivlangan)