Turkmaniston Davlat bayrog‘i kuni


Turkmaniston Davlat bayrogʻi kuni Turkmanistonda rasman belgilangan bayramlardan biridir; 1994-yil 26-dekabrda Turkmaniston Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan[1] va 18-may (dastlab — 19-fevral) dam olish kuni hisoblanadi.

Bayroq kunini nishonlash

tahrir

Ashxobod shahrida Turkmaniston Bosh bayrogʻi yonidagi maydonda Prezident va hukumat aʼzolari ishtirokida tantanali ravishda bayroq koʻtarish marosimi, turkman estradasi yulduzlarining konsertlari boʻlib oʻtdi. Bayroq ustunining balandligi 133 metr, oʻlchami 52,5 ga 35 metr, ogʻirligi 420 kilogrammni tashkil etadi[2].

1992-yil 19-fevralda Turkmaniston hozirgi davlat bayrogʻini tasdiqladi. Bu kun birinchi prezident Saparmurod Niyozovning tugʻilgan kuniga toʻgʻri keldi. 1994-yil 26-dekabrda Niyozov ushbu kunni dam olish kuni deb belgilash toʻgʻrisida buyruq berdi. Turkmaniston Xalq Maslahatiyasining 2017-yil 10-oktabrdagi yigʻilishida Davlat bayrogʻi kunini Konstitutsiya kuni bilan qoʻshib, 18-mayga koʻchirishga qaror qilindi[3].

Turkmanistonda Davlat bayrogʻi kuni keng nishonlanadi. „Olimpiyskiy“ sport majmuasida tantanalar va tomoshalar oʻtkaziladi. Bayroq kunida anʼanaviy tarzda amnistiya akti oʻtkaziladi[4][5].

 
Turkmanistonning asosiy bayrogʻi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir