Turkmaniston prezidenti
Turkmaniston prezidenti (turkmancha: Türkmenistanyň Prezidenti) davlat rahbari va ijroiya hokimiyati rahbari, Turkmanistonning oliy mansabdor shaxsi, Turkmanistonning milliy mustaqilligi va betarafligi maqomi, hududiy yaxlitligi, Konstitutsiya va xalqaro shartnomalarga rioya etilishining kafolati hisoblanadi. U parlament, Vazirlar Mahkamasi va Oliy sud bilan birga respublikada oliy davlat hokimiyatini amalga oshiradi. Prezident Turkmaniston xalqi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yil muddatga saylanadi va qasamyod qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishadi.
Turkmaniston prezidenti | |
turkmancha: Türkmenistanyň Prezidenti | |
Mamlakat: | Turkmaniston |
Taʼsis etilgan sanasi: | 1990-yil 27-oktyabrda (Turkmaniston SSR Prezidenti sifatida) 1991-yil 27-oktabrda (Turkmaniston Prezidenti sifatida) ) |
Lavozimdagi ilk shaxs: | Saparmurot Niyozov |
Amaldagi shaxs: | Serdar Berdimuhamedov |
Qarorgohi: | „Oʻgʻuzxon“ saroy majmuasi |
Vakolat muddati: | 7 yil; muddatlar soni cheklanmagan |
Maoshi: | yiliga $10 800[1] |
Sayt: | http://www.turkmenistan.gov.tm/ (norasmiy) |
YXHT va AQSh Davlat departamenti maʼlumotlariga koʻra, prezidentlik saylovlari simulyatsiya xarakteriga ega; ularda haqiqiy plyuralizm va nomzodlar oʻrtasida raqobat yoʻq[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Зарплата для избранных“. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Постпред США при ОБСЕ раскритиковал династическую передачу власти в Туркменистане“ (ru). Радио Азатлык (2022-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 23-yanvar.
- ↑ „Turkmenistan: And the award goes to...“. Eurasianet (2023-yil 17-oktyabr).