Turoń (bayram)
Turoń – Maslenitsa yoki Uchbirlik yakshanbasida oʻtkaziladigan buqa haydash marosimi[1].
Turoń | |
---|---|
Polsha pochta markasi | |
Turi | |
Sana | Maslenitsa yoki Uchbirlik yaskshanbasida |
Polsha odatlari
tahrirPolyaklarda boshi shoxli, qora va tukli buqa katta tantananing asosiy ishtirokchilaridan bir hisoblanagan. Turoń rolini ijro etadigon bola qoʻy terisi va yopinchiq bilan oʻranib olgan. Bola qoʻlida jezl va qoʻy yoki buqa shoxlari mavjud boʻlgan buqa boshini oʻzida jamlagan kiyimni kiyob olishi lozim edi. Turoń rolidagi bola boshida yoki boʻynida sigir qoʻngʻiroqchalari osilgan boʻlishi lozim edi[2].
Marosim Rojdestvodan keyin va Pasxagacha boʻlgan davrda amalga oshirilar edi. Turoń tantanali marosimida buqani arqondan boshqa narsada yetaklash lozim boʻlgan. Turoń oʻynagan yigitdan hoʻkizga taqlid qila olishi talab qilingan. Turońning oʻlimi va keyin tirilishi yerning qayta tugʻilishining ramzi boʻlib, u qish uyqusidan keyin bahorda uygʻonishi kerak degan maʼnoni anglatgan. Turońning oʻzi uy xoʻjaligida unumdorlikni anglatadi.
Rus odatlari
tahrirRuslarda „Buqani haydash“ marosimi qishki Rojdestvo bayramida oʻtkaziladi. Ushbu marosim Polyaklarning „Turon“ bayramining analogi hisoblanadi. Buqani tasvirlash uchun bolakaylar quruq loydan yasalgan idishlardan foydalanishar edi. Buqani bogʻlab yoki jilov bilan boshqargan, qamchi bilan haydagan, unga hamroh boʻlgan odamlarni „rahbar“, „yoʻlboshchi“ deb atashgan.
Volgograd viloyatida ushbu marosim davomida oʻlim sahna koʻrinishlari namoyish etilar edi. Ushbu sahna koʻrinishi „Buqani urish“ deb nomlanar edi[3]. Shuningdek, Kastromor vodiysida „buqa“ deb nomlangan oʻyin turi mashhur edi. Buqa rolidagi bola uy atrofida aylanib, buqadek ovoz chiqarib, boshini qimillatar edi.
Galereya
tahrir-
Bayramda ishlatiladigan buqalar
-
Bayram uchun yasalgan buqaning boshi
-
Chexiyadagi Turoń bayrami (2008)
-
Bayram uchun yasalgan buqa
Adabiyotlar
tahrir- Богатырев П. Г.. Вопросы теории народного искусства. М.: Искусство, 1971. (Wayback Machine saytida 2015-11-17 sanasida arxivlangan)
- Ганцкая О. А., Грацианская Н. Н., Токарев С. А. Западные славяне // Календарные обычаи и обряды в странах зарубежной Европы. Зимние праздники. — M.: Наука.
- Ogrodowska, Barbara. Święta polskie – tradycja i obyczaj. Warszawa: Alfa, 1996.
Manbalar
tahrir- ↑ „Ряженые - "Вождение быка / тура"“. www.selyanka1.livejournal.com. Qaraldi: 24-may 2024-yil.
- ↑ Ogrodowska, Barbara. Święta polskie – tradycja i obyczaj. Warszawa: Alfa, 1996 — 352-bet.
- ↑ Виноградова, Плотникова 1995.