Turunj soʻzi eski oʻzbek tilida fors-tojik tilidan oʻzlashgan boʻlib, u limon, apelsinlar oilasiga kiruvchi yoqimli hidli, hushtam, suvli meva nomini aytaydi. Qadimgi yozma manbalarda uchramaydi. Alisher Navoiy asarlarida: Ey chuchuk jonim sening shirin labing, Mevai jonim turunji gʻabgʻabing. (Gʻaroyib us-Sigʻar , 359)

Etimoni

tahrir

Soʻzning etimoni haqida hech maʼlumot yoʻq. Eski tojik tilida turunj, hozirgi tojik tilida turunj (nok), fors tilida ترنج (torondj) tarzida qoʻllanadi. Turkiy tillarda ishlatilmaydi. Bu soʻz haqida „Gʻiyos ul-lugʻat“da keng maʼlumot berilgan. Hozirgi fors tilida rang bildiruvchi(torondji) — (toʻq sariq, zargʻaldoq rangli) soʻzi borki, u turunj soʻzi bilan bir xil asosdan boʻlishi kerak. Bundan tashqari, fors-tojik tilidagi turup-turp soʻzi bilan turunj soʻzlarida qandaydir yaqinlik borga oʻxshaydi. Chunki fors-tojik tilida tar soʻzi mevaning tozaligini, yangiligini ifodalashda qatnashadi. Yana tarmeva soʻzi ham bor. Shuning uchun ham bu soʻzlar asosini tar morfemasi tashkil qilgan boʻlishi kerak (tarunj, tarup-tarip).

Manbalar

tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 26-27-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.