Tutash tojbarglilar
Tutash tojbarglilar - ikki urugʻpallali yopiq urugʻli oʻsimliklarning kichik sinfi. Baʼzi oʻsimlik gullarining tubi bir oz, ayrimlariniki toʻliq, yana boshqalariniki uzunasiga qoʻshilib oʻsadi. Koʻpchilik T.ning qoʻshilib oʻsgan qismi uzun nay, yuqori qismi esa gʻar xil gul boʻlakchalari yoki tishchalar hosil qiladi. Nemis botaniklaridan A. Braun (1864), A. Engler (1892) T.ni ayritojlilardan farqlashni taklif qilgan. Baʼzi botaniklar, jumladan, N. I. Kuznetsov, N. A. Bush, A. Taxtajyan ikki urugʻpallalilar sinfini ayrim tojbarglilarga va tutashbarglilarga boʻlishni tan olishmaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |