Tuxumdonodam va hayvonlardagi urgʻochilik jinsiy bezi. Tuxumdonda tuxumhujayra hosil boʻladi va yetiladi (faqat bulutlar va tuban kovakichlilarda tuxumdon alohida organ sifatida shakllanmagan). Umurtqali hayvonlarda tuxumdon ichki sekretsiya bezi sifatida gormon (follikulin va boshqalar) ham ishlab chiqaradi.

Odamning jinsiy bezlari. Erkak (moyak, o'ng) va ayol (tuxumdon, chap)

Tuxumdon embrion hujayra paylari oʻsgan biriktiruvchi toʻqimali asosdan iborat; bu paylar dumaloq follikulalarga (ichida faqat bitta tuxumhujayra rivojlanadi) va bir qator somatik yoki follikulyar hujayralarga (taraqqiy etayotgan tuxumhujayra atrofida joylashgan) ajraladi. Yetilgan follikulalar tuxumdon sirtiga siljiydi va tuxum tuxumdon devori yoriqlaridan tana boʻshligʻiga tushadi. Sut emizuvchilarda yorilgan follikulalar oʻrnida sariq tana rivojlanadi.

Odam tuxumdoni ovalsimon shaklda; bachadonning ikki yonida, kichik chanoqda joylashgan; uning keng boylamlariga (bachadon nayidan pastroqqa) birikkan. Ayollarning yoshiga va organizmning umumiy funksional holatiga qarab tuxumdonning jinsiy faoliyati turlicha boʻladi.

Yana q. tahrir