Tuxumdon apopleksiya
Tuxumdon Apopleksiya si (apoplexiya ovarii)-bu ovulatsiya follikula yorilishi natijasida tuxumdon parenximasiga qon quyilishi va uning toʻqima butunligining buzilishi hamda qorin boʻshligʻiga qon oqishi bilan boshlanadi. Bu holat 16–30 yoshli ayollarda kuzatiladi.
Etiologiyasi
tahrirTuxumdon apopleksiyasi ayol jinsiy aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklari natijasida yoki Follikulalar persestensiyasi kuchayishi oqibatida ovulatsiya davrida tuxumdon parenximasining yorilishi oqibatida kelib chiqadi. Unda tuxumdon qon tomirlarining oʻtkazuvchanligi buzilib, tuxumdon kapsulasi yoriladi va qorin boʻshligʻiga qon ketadi yoki parenxemasiga qon quyiladi. Bunday holatda qorinning pastgi qismida tegishli tuxumdon sohasida qattiq ogʻriq kuzatilib, qorin boʻshligʻiga qon quyilmaydi. Tuxumdon apopleksiyasi ayol jismoniy zoʻriqqanda, ogʻir yuk koʻtarganda, shikastlanish natijasida ham kelib chiqishi mumkin.
Klinikasi
tahrirKasallik toʻsatdan qorinning pastki sohasida kuchli ogʻriq bilan boshlanib, butun epigastral sohaga, toʻgʻri ichakka irradiatsiya beradi. Ogʻriq bosh aylanishi, hushdan ketish, sovuq ter bosishi, koʻngil aynishi va qayt qilish bilan kuzatiladi.
Klinik koʻrinishiga qarab tuxumdon apopleksiyasini 3 turga boʻlish mumkin: ogʻriqli; anemiya li;aralash.
Ogʻriq toʻgʻri ichakka ham oʻtadi. Baʼzan ogʻriq kuchli boʻlishi sababli ayolda oʻtkir qontomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Kasallikning aralash turida ogʻriqli va anemik koʻrinishlar birgalikda uchraydi. Qorin paypaslab koʻrilganda ogʻriqli, shishgan va nafas aktida sust ishtirok etayotganligi aniqlanadi. Ginekologik tekshiruvda bachadon boʻyni tekshirilganda ogʻriqli, bachadonkattalashmagan, qattiq, bachadon ortiqlari va tuxumdon kattalashgani aniqlanadi.
Diagnoz
tahrirKlinik koʻrinishi, anamnez i va obyektiv tekshiruvga koʻra diagnoz qoʻyiladi. Diagnoz qoʻyishda UTT va qin orqa gumbazi orqali qorin boʻshligʻini punksiya qilish yordamida aniqlanadi.
Davosi
tahrirKasallangan bemor ahvoli dastlab oʻrtacha boʻlib, kam qon ketsa, bemor konservativ davolanadi (yotoq rejimi, qorin sohasiga muzli xalta qoʻyish, qon oʻrnini bosuvchi dori vositalari qoʻllanadi). Kasallikning oʻtkir davri oʻtib boʻlgach, bemorga fizioterapiya, dori elektroforezi buyuriladi. Kuchli qon yoʻqotish yoki ogʻriq sindromida bemorlarni, albatta, operativ yoʻl bilan davolash lozim, yaʼni tuxumdonlar ponasimon rezeksiya qilinib tikiladi, baʼzan tuxumdon butunlay zararlangan boʻlsa, olib tashlanadi.
Manbalar
tahrirY. N. Allayorov_Akusherlik va ginekologiya
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |