Tuyatish
Tuyatish — xoʻraki, mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kertikli, yuzasi silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—25 sm), oʻrtacha vazni 800—1000 g, silindrsimon, gʻujumlari zich joylashgan. Gʻujumi yirik, dumaloq, sargʻishyashil. Sent.da yetiladi. Tarkibida oʻrtacha 23,4% qand, 3,2% kislota bor. Gektaridan 120—160 s hosil olinadi. Uzumidan mayiz solinadi. Mayizi mirik, sershira. Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida oʻstiriladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |