Tuyoqli
Tuyoqli — oʻzbeklarning yuz qabilasidagi eng yirik urugʻlaridan biri. XIX asrda, asosan, Zarafshon vodiysida yashashgan. Bu yerga ular Sirdaryo boʻylaridan taxminan XVII asrda koʻchib oʻtishgan. XVIII asrning oxiri — XIX asrning boshida Tuyoqlilar oʻtroq hayotga oʻtganlar. XIX asrning 70-yillarida ular Oʻrta Zarafshon vodiysining 47 qishlogʻida istiqomat qilgan. Ularning soni 12 mingdan 20 minggacha boʻlgan. Tuyoqlilar quyidagi mayda urugʻlarga boʻlingan: chubot, uray, molakeseki, mirzakeseki, changal, gurach. 1921-yil maʼlumotlariga qaraganda, Tuyoqlilar oʻz ichiga quyidagi urugʻlarni olgan: alamon, jamboy, yumaloqbosh, uray. Tuyoqlilarning bir qismi Zarafshon vodiysi qipchoqlarining tarkibiga kirgan. Hozirda Tuyoqlilarning avlodlari, asosan, Samarqand viloyatining Bulungʻur, Jomboy, Urgut va Toyloq tumanlarida, Jizzax viloyatining Gʻallaorol va Baxmal tumanlarida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida va Tojikistonning Panjakent tumanida yashaydi.
Maqola Wikipediya baʻzasiga Farrux Qarshiboyev tomonida qoʻshildi! etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T., 1974.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |