Tyamlar
Tyamlar (chamlar, tyamlar) — Kambodja, Vyetnam va Tailanddagi xalq. 290 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Indonez til guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. Dindorlari, asosan, hinduizmga eʼtiqod qiladi, Kambodjada sunniy musulmonlar bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |