Tyanshanit
Tyanshanit (Tyanshan togʻlari nomi bilan atalgan) — mineral. 1967-yilda topilgan. Kimyoviy tarkibi Na2BaMn TiB2Si6O20. Qattikligi 6—6,5, zichligi 3,3 g/sm3. Moʻrt. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Notoʻgʻri shakldagi yirik (5x6 sm) kristallar holida boʻladi. Rangi yashil, shishadek yaltiroq. T. ishkrrli siyenit uyumini kesib oʻtgan pegmatit tomirida piroxlor, astrofillit, bafertisit, danburit, batolit, galenit, sfen, kaltsiy bilan birga uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |