UEFA Millatlar Ligasi – UEFA[1]ga aʼzo futbol asotsiatsiyalarning erkaklar milliy terma jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro futbol musobaqasi.

UEFA Millatlar Ligasi
Tashkiliy organ UEFA
Asos solindi 2018 (6 yil avval) (2018)
Hudud Yevropa
Jamoalar soni 55
Hozirgi chempionlar  Ispaniya (bir marotaba)
Eng muvaffaqiyatli jamoa(lar)  Fransiya
 Portugaliya
 Ispaniya
(bir martadan)
Vebsayt uefa.com/nationsleague
2024–25 UEFA Millatlar Ligasi

Dastlabki turnir 2018-yilning sentyabrida boshlangan. A liganing toʻrtta guruhida gʻolib boʻlgan jamoalar finallar (yarim final, final) bosqichiga chiqishgan. Finallar 2019-yilning iyun oyida Portugaliyada boʻlib oʻtgan. Musobaqa shu vaqtgacha FIFA kunlarida oʻtkazilib kelingan oʻrtoqlik uchrashuvlarining oʻrnini bosishi hamda Yevropa milliy terma jamoalariga oʻzlari bilan teng kuchli boʻlgan Yevropaning boshqa milliy terma jamoalari bilan koʻproq rasmiy oʻyinlar oʻtkazishlari maqsad qilingan.

Tashkil etilishi

tahrir

1999-yildan buyon turli UEFA milliy terma jamoalarga koʻproq rasmiy oʻyin, shu jumladan Xalqaro oʻrtoqlik bahslari kabi koʻproq daromad keltiradigan loyihalar oʻtkazishga imkoniyat yaratib berish boʻyicha bosh qotirgan[2]. 2001-yilda UEFA milliy terma jamoalar oʻrtasidagi yangi turnir uchun 3 xil tahminiy format taklif qilgan. Birinchi musobaqa 2004-2007-yillar oraligʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan[3]. Biroq turnir ayrim sabablarga koʻra oʻtkazilmagan.

2013-yilning oktyabrida Norvegiya Futbol Asotsiatsiyasi Prezidenti Yngve Hallén UEFA aʼzo boʻlgan terma jamoalar oʻrtasida FIFA Jahon chempionati hamda UEFA Yevropa chempionatiga qoʻshimcha tarzda 3-toʻlaqonli terma jamoalar uchun tashkil etiladigan xalqaro turnir oʻtkazish haqida muhokamalar oʻtkazilganligini tasdiqlagan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „UEFA Nations League receives associations' green light“. UEFA.com (2014-yil 27-mart). 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.
  2. „National teams on agenda“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2001-yil oktyabr). 2001-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-sentyabr.
  3. „UEFA proposes new national team competition“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2001-yil oktyabr). 2001-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 27-sentyabr.
  4. Hojem Kvam, Lars „Hva om Ronaldo, Özil, Balotelli og Pique møtes til ligaspill – med sine landslag?“ (no). dagbladet.no (2013-yil 9-oktyabr). 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-mart.