UKball
UKball (uzb. Yukeybol/ Britaniyabol/ Britaniyashar/ Buyukbritaniyashar) ― Countryballs ning asosiy[1] qahramonlaridan biridir.
Obrazi
tahrirUKball, koʻpincha, qalpoq va monoklda tasvirlangan. Ushbu atributlar bu mamlakatning oʻziga xos, oʻzgarmas qiyofasini koʻrsatadi. Ular, ehtimol, kantribolning maʼlum bir nafosati va yuksak madaniyatini koʻrsatish uchun moʻljallangan. Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, bular qaysidir maʼnoda eng yuqori ijtimoiy qatlamlarga aniqlangan atributlardir va koʻpincha, „ingliz jentlmeni“[1] stereotipi bilan birga keladi.
Personaj, koʻpincha, bir piyola choyni ushlab turishi mumkin (darvoqe, u choyna qattiq sevadi va koʻp ichadi[2][3]) va u buyuk saltanat boʻlgan vaqtlari haqida gapiradi, qoʻldan ketgan imperiyasini qoʻmsaydi[4].
UKballning feʼlining yana bir oʻziga xos belgisi — bu imperializmga moyillik, garchi komikslarga qaraganda, koʻpincha, kantrbolning mustamlakachilik istagi orzular sohasida boʻlib tuyuladi. Bu, oʻz navbatida, ushbu mamlakat haqiqiy hayotdan yiroq yoki xayolparast ekanidan darak berishi mumkin[1].
2016-yil 23-iyunda Buyuk Britaniya fuqarolarining aksariyati Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz berdi. Brexit miqyosidagi voqea bir qator Countryballs satirik veb-komikslarini[5] keltirib chiqardi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Piórecka 2017.
- ↑ Seppänen 2018.
- ↑ Федорченко 2019.
- ↑ „Polandball“ (en). Know Your Meme. 2012-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-mart.
- ↑ Sal Hagen. „Polandball is of Reddit: how r/polandball transcends memes through carefully curated geopolitical satire“ (en). Institute of Network Cultures (2017-yil 15-noyabr).
Adabiyotlar
tahrir- Katarzyna Piórecka. Jak społeczności wirtualne stereotypizują państwa i narody?(pol.) // Magazyn Medioznawcy : журнал. — 2017. — Nr 3 (16). — S. 10—17.