Ubikvitinlashtirish
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Ubikvitinlashtirish – bu ubikvitin oqsili va ubikvitinligaza maxsus fermenti ishtirokida boʻlib oʻtadigan oqsilning postranslatsion ozgarish jarayonlaridan biri.
Ubikvitinlashtirish hujayrada har xil vazifalarni bajaradi. Ularning ichida: oqsilning proteasomalar va lizosomalarda proteolizi, oqsilning tronsportatsiyasi va oqsil-fermentlarning funksiyalarini aktivatsiya va inaktivatsiya (yoqish va oʻchirish) qilish.
Oqsil-substratga nechta ubikvitin molekulasi qoʻshilishiga koʻra ubikvitinlash monoubikvitinlash va poliubikvitinlashga boʻlinadi.
Monoubikvitinlash – bu oqsilga uqikvitinning bitta molekulasini qoʻshish jarayoni. Ubikvitin molekulasi oqsil-substratga oʻzining Lizin 48 aminokislotasi bilan qoʻshiladi.
Poliubikvitinlash – bu oqsilga uqikvitinning birdan ortiq molekulalarini qoʻshish jarayoni boʻlib, bunda oqsil-substratda ubikvitin zanjirlari hosil boʻladi. Ikkita ubikvitin molekulalar orasidagi bogʻ birinchi ubikvitinning Glitsin 76 aminokislotasi va ikkinchi ubikvitinning Lizin 63 aminokislotalalarining oʻrtasida hosil boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Adabiyotlar
tahrir- Alberts B. i dr. Molekulyarnaya biologiya kletki v 3 tomax. T1. 2015