Uchar baliqlar (Exocoetidae) -sargansimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uzunligi 15—50 sm. Jagʻlari qisqa, koʻkrak va ayrimlarida qorin suzgichlari uzun. 7 urugʻi, 60 dan ortiq turi tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan. Baʼzan toʻda hosil qiladi. Suv ustida uchish xususiyatiga ega (nomi shundan). Xavf sezganda suvdan 10m gacha balandlikda ucha oladi, baʼzan 400m masofaga uchib boradi. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik xamda subtropik qismida yashaydi. Yapon uchar baligʻi, oddiy uzunqanot kabi turlari bor. Planktonxoʻr. Uvildiriqlarini suvoʻtlar yoki boshqa narsalarga yopishtirib qoʻyadi. 1—24 ming uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi.