Uchar itlar
Uchar itlar, tungi qanotdorlar (Rousettus) — qanotdor koʻrshapalaklar urugʻi. Gavdasining uzunligi oʻrtacha 13 sm, dumi 1,4 sm. 13 turi bor. Afrika, Janubiy Osiyo, Malayziya va* Tinch okeanidagi orollarda tarqalgan. Gʻorlar ichida yashaydi. Qorongʻi gʻorlarda exolokatsiya yordamida moʻljal oladi. Baʼzan barcha qanotdor koʻrshapalaklar "uchar itlar" deb ataladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |