Shilvi, uchqat — shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi maʼlum. Oʻzbekistonda shahrining xushboʻy Shilvi, tangabarg Shilvi, tatar Shilvisi, maydagul Shilvi, Korolkov Shilvisi, nozik Shilvi, maydabarg Shilvi, olga Shilvisi, altman Shilvisi va boshqalar turlari uchraydi. Boʻyi 1,5 m dan 4,5 m gacha, barglari keng tuxumsimon, baʼzilariniki uzun tuxumsimon, gullari ikki jinsli, oq, sargʻish, qizil, pushti, aprel—may oylarida gullab, avgust—sentabrda urugʻlaydi. Mevasi sersuv, rezavor. Xushboʻy Shilvi, tatar Shilvisi, maydagul Shilvi manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. shahrining boshqa koʻplab turlari togʻ daralari, daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlarida butazorlar hosil qilib, daraxtzorlar orasida, adirlarda oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. Dasht zonalarida ekinzorlarni himoya qilish, koʻkalamzorlar, yashil devorlar hosil qilishda foydalaniladi. Yogʻochi qattiq va mustahkam boʻlgani tufayli duradgorlik va mebelsozlikda ishlatiladi.