Uchuniq
Uchuniq — bir qancha kasalliklarning boshlangʻich belgisi. Koʻpincha kasallikning 3—4kuni namoyon boʻladi. Bemorning aʼzoi badani zirqirab ogʻrishi, gavda temperaturasining goh koʻtarilib, goh pasayishi, lab va burunga uchuq (baʼzan quloqlarga toshma) toshishi bilan kechadi. Shu sababli xalqda bu holat U. deb ataladi. Aksariyat kishilar U.ni oyoq uchida oʻtib ketadigan xastalik deb qaraydilar. Natijada U. boshqa kasalliklarning avj olishiga sabab boʻladi. Kishi uchunganida vrachga murojaat etishi zarur.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |