Udegeylar
Udegeylar (oʻzlarini udee, udeke deb ataydilar) — Primorye va Xabarovsk oʻlkalari (RF)da yashovchi xalq. 1 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Udegey tilida soʻzlashadi. U.da tabiat kuchlari va hayvonlarga sigʻinish, shomonlik saqlanib qolgan. Asosiy mashgʻuloti — ovchilik, baliq ovlash, jenshen yigʻish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |