Udokan — Baykalortidagi togʻ tizmasi (Rossiya Federatsiyasi Chita viloyati va Saxa Respublikasi hududlarida). Uzunligi 250 km dan ziyod, eng baland joyi 2515 m. Gneys va kristalli slanetslardan tashkil topgan. Tizmaning yuqori qismlarida qad. muzlik izlari mavjud. Yon bagirlarida 1200 m balandlikkacha tilogʻoch oʻrmonlari, undan yuqorida esa togʻ tundra oʻsimliklari oʻsadi. Mis rudasi konlari bor.