Ufa platosi
Ufa platosi — Ufa daryosi havzasidagi plato. Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi va Perm, Sverdlovsk viloyatlarida. Gʻarbda Sharqiy Yevropa tekisligi qoʻshilib ketadi, sharqiy yon bagʻri tik. Eng baland joyi 517 m. Yer yuzasi sertepa. Asosan, ohaktosh, dolomit, qumtoshlardan tuzilgan boʻlib, karst hodisasi rivojlangan. Qoraqaragʻayqayin oʻrmonlari, jan. keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |