Uffitsi (Uffi zi, aynan "kanselyariya") — Florensiyadagi davlat kartinalar galereyasi; Italiyadagi eng yirik toʻplamlardan biri. Hukumat kanselyariyasi uchun qurilgan binoga joylashgan (1560—85, meʼmori J. Vazari va boshqa Buontalenti). Medichilar sulolasi toʻplami zaminida shakllangan U.ga 1575-yilda asos solingan. U. 13— 18-asrlar Italiya rangtasvir asarlarining jahondagi eng boy toʻplamiga ega (Duchcho, Jotto, Uchchello, Pyero della Francheska, Bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Karavajo va boshqalar), antik sanʼat, fransuz, nemis, niderland, golland va flamand sanʼatining ajoyib namunalari saqlanadi. Yevropa rassomlarining avtoportretlari, ayniqsa, nodirdir.