Ufq (trilogiya)

Said Ahmad qalamiga mansub uch qismli roman

Ufq trilogiyasi- O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad (asl ism-sharifi — Saidahmad Husanxoʻjayev) qalamiga mansub 1964-1974-yillar oraligʻida yozilgan uch qismdan iborat roman. Ilk marotaba 1976-yilda G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti tomonidan 60000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan. Trilogiya ikkinchi jahon urushi, urush va urushdan keyingi yillardagi oʻzbek millati hayoti va Katta Fargʻona kanali qazilgan davrdagi voqealarini oʻz ichiga oladi.

Ufq

2019-yilgi nashr jildi
Muallif(lar) Said Ahmad
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i roman, trilogiya
Nashr etilgan sanasi 1976-yil , 2015-yil , 2019-yil
Nashriyot
Sahifalar soni
  • 686 bet (1976)
  • 912 bet (2015)
  • 680 bet (2019)
ISBN ISBN 978-9943-4473-8-7

Roman Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi. 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 912 betli qattiq muqovada chop etildi.[1] 2019-yilda yozuvchining qizi Nodira Xusanxoʻjayeva muharrirligi ostida Sano satandar nashriyoti tomonidan 680 betli qattiq muqovada, lotin yozuvida nashr etildi.[2]

Sujet tahrir

Roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida oʻzbek dehqonlarining front orqasida koʻrsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida fikr yuritadi.

Romanda davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar ichida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon kabi tutashgan taqdirlar hayotidagi fojialar tasvirlangan. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlarning yana sevgiga va sadoqatga roʻbaroʻ boʻlishi, birinchi muhabbat davr va sinovlar qaʼriga singib ketishini koʻrish, jonli tasvirlar orqali tarixiy maʼlumotlar bilan tanishish, ezilgan xalqning hayot mashaqqatlarini tushunish mumkin.

Qahramonlar tahrir

  • Ikromjon — Jannatning eri,Tursunboyning otasi, bir oyogʻidan ajralgan, arzanda va qochoq oʻgʻlining oʻlimini koʻrgan jafokash ota
  • Jannat — Ikromjonning xotini, arzanda oʻgʻil Tursunboyning onasi.
  • Nizomjon — Ikromjonning tutingan oʻgʻli
  • Tursunboy — Ikromjon va Jannatning oʻgʻli, qoʻrqoq va urushdan qochgan ota va ona diydoridan uzoqda quvgʻindi boʻlib otasining qoʻlida jon bergan kimsa
  • Rayimberdi — rais
  • Zebi — Tursunboy sevadigan qiz
  • Azizxon — urush qahramoni, Farg’ona kanali qurilishida jonbozlik ko’rsatkan polvon
  • Esh polvon Farg’ona kanali qurilishida Azizxon bilan bellashib ketma ket yengilgan polvon
  • Lutfinisa-Azizxonning sevgan qizi
  • Akbarali- Lutfinisaning akasi
  • Dildor — Nizomjon sevgan qiz zvenodagi to‘laroq qiz
  • Asrora- zvenodagi qizlar boshligʻi erkakshoda qiz
  • Karimjon- Asrora yaxshi koʻradigan yigit
  • Aʼzamjon — Nizomjonning akasi, Dildorning eri
  • Risolat — Aʼzamjonning opasi, Inoyat oqsoqolning qizi,
  • Toʻlanboy — Zebixonning pochchasi, Ikromjonning doʻsti
  • Ummatali — Azizxonning otasi

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir