William Turner Jr. (talaffuzi: Uilyam Tyorner) Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasidagi xayoliy personajdir. Personajni The Curse of the Black Pearl (2003), Dead Man's Chest (2006), At World's End (2007) va Dead Men Tell No Tales (2017) filmlarida uchratish mumkin. Filmlarda uni Orlando Bloom jonlantirgan.

Orlando Bloom Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasida Will Turner personajini jonlantirgan.

Tavsifi tahrir

Will Turner — Bill Turner'ning oʻgʻli. Birinchi filmda u janob Brown ustaxonasida shogird boʻlib ishlaydi. Shuningdek, u „qaroqchiga duch kelganida oʻzini himoya qilish“ uchun kuniga uch soat qilichbozlik bilan mashgʻul boʻlgan (garchi oʻzi ham oxir-oqibat qaroqchiga aylangan). Elizabeth Swann'ni sevib qolib, uchinchi filmning oxirida uning eriga aylangan. Uchinchi filmda „Uchar gollandlar“ sardori sifatida laʼnatlangan boʻlsa, beshinchi filmda oʻgʻli — Henry Turner yordamida bu lanʼatdan qutuladi[1].

Manbalar tahrir

  1. Spencer Perry. „Will Turner in Pirates of the Caribbean: Dead Men Tell No Tales“. ComingSoon.net (6-fevral 2017-yil). Qaraldi: 28-mart 2017-yil.

Havolalar tahrir