Ukraina Tashqi ishlar vazirligi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi (ukraincha: Міністерство закордонних справ України)–Ukrainaning tashqi aloqalarini nazorat qiladigan Ukraina hukumati vazirligi hiosblanadi. Vazirlik rahbari tashqi ishlar vaziri hisoblanadi.
Turi | Vazirlik |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 11-noyabr 1917-yil |
Joylashuvi | 1, Mykhailivska Sq, Kyiv Ukraina |
Hududiy xizmati | Ukraina hukumati |
Vazir | Dmytro Kuleba |
Ishchilar soni | 2,000+[1] |
Vebsayti | mfa.gov.ua |
Tarixi
tahrirDastlab vazirlik Ukraina Bosh kotibiyati tarkibidagi Millatlar ishlari boʻyicha Bosh kotibiyat sifatida tashkil etilgan va unga federalizm tarafdori boʻlgan Sergey Efremov boshchilik qilgan. Sovet Ittifoqi aralashuvi tufayli boshqarma 1917-yil-22 dekabrda vazirlikka aylantirildi. Taxminan bir vaqtning oʻzida Ukraina hukumatini aksilinqilobiy deb eʼlon qilgan boshqa hukumat tuzildi. Ukraina SSR hukumati ham 1918-yil 1-martda oʻz boshqarmasini qayta tashkil etdi. 1923-yilda boshqaruv Sovet Ittifoqi hukumati tomonidan tugatildi va yigirma yildan soʻng 1944-yilda tiklandi. 1919-yilda Bolgariyada tugʻilgan Kristian Rakovskiy tayinlangunga qadar, birinchi Ukraina sovet vakillari haqida maʼlumotlar yetarlicha qayd etilmagan. 1991-yilda UKraina oʻz mustaqilligini tiklaganda keyin ham, boshqarma oʻz faoliyatini davom ettirsa boʻlar edi.
Umumiy tushuncha
tahrirVazirlik Ukrainaning poytaxti Kyivning eski shahar qismida joylashgan boʻlib, yaqinda qayta qurilgan St. Michael’s Golden-Domed monastiri yaqinida joylashgan. Vazirlik binosi monastir nomi bilan atalgan Mixaylov maydonida va Volodymyrska Hill bogʻi yonida joylashgan. Tashqi ishlari vaziri nomzodi Vazirlar Mahkamasini koʻpgina aʼzolarning nomzodini beradigan Bosh vazirdan farqli oʻlaroq Ukraina prezidenti tomonidan koʻrsatiladi. Vazirlikka nomzodlarning barchasi Ukraina parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak[2].
UNESCO ishlari boʻyicha Ukraina Milliy komissiyasi idorasi
tahrirUkraina 1954-yil 12-maydan UNESCO aʼzosi hisoblanadi[3]. 1962-yil dekabr oyidan boshlab Ukraina Fransiyadagi hozirgi elchisi boshchiligidagi tashkilotda doimiy vakolatxonasini tashkil etdi. Ukraina UNESCO ishlari boʻyicha milliy komissiyasi Prezidentning 1996-yil 26-martdagi 212/1996-son farmoni bilan tashqi ishlar vazirligi tarkibida tashkil etilgan. UNESCO ishlari boʻyicha Ukraina Milliy komissiyasining raisi Sergiy Kyslytsya hisoblanadi[4].
Ukrrianing Fransiyadagi elchisi Konstantin Timoshenko UNESCO huzuridagi Ukrainaning doimiy vakili hisoblanadi[5].
Ukrainada UNESCO bilan hamkorlik qiluvchi 14 ta akademik boʻlim[6] va tashkilot bilan bogʻliq 63 ta maktab mavjud[7] .
Vazirlar roʻyxati
tahrir- 1924-yilgacha boʻlgan amaldorlar
Millatlar Bosh kotibi (1917-yil 28-iyun-22 dekabr)
- Sergey Yefremov (1917-yil 28-iyun-17-iyul)
- Oleksandr Shulxin (1917-yil 17-yul-22-dekabr)
- Millatlar xalq kotibi (1917-yil 14-dekabr-1918-yil 1-mart)
- Sergey Bakinskiy (1917-yil 14-dekabr-1918-yil 1-mart)
- Tashqi ishlar vazirligi (1917-yil 22-dekabr-1920-yil may)
- Aleksandr Shulgin (1917-yil 22-dekabr-1918-yil 24-yanvar)
- Vsevolod Golubovich (1918-yil 24-yanvar-3-mart)
- Nikolay Lyubinskiy (1918-yil 3-mart-28-aprel)
- Nikolay Vasilenko (1918-yil 30-aprel-20-may)
- Dmitriy Doroshenko (1918-yil 20-may-14-noyabr)
- Georgiy Afanasyev (1918-yil 14-noyabr-14-dekabr)
- Vladimir Chexovskiy (1918-yil 26-dekabr-1919-yil 11-fevral)
- Konstantin Macievich (1919-yil 13-fevral-mart)
- Vladimir Temnitskiy (1919-yil aprel-avgust)
- Andrey Levitskiy (1919-yil avgust-1920-yil may)
- Tashqi ishlar vazurligi xalq kotiblari (1918-yil 1-mart-1923-yil iyul)
- Vladimir Zatonskiy (1918-yil 1-4-mart)
- Nikolay Skripnik (1918-yil 8-mart-18-aprel)
- Xristian Rakovskiy (1919-yil yanvar-iyul)
- Xristian Rakovskiy (1920-yil mart-1923-yil iyul)
- Gʻarbiy Ukraina tashqi ishlar davlat kotiblari (1918-yil noyabr-1923-yil fevral)
- Vasiliy Paneyko (1918-yil noyabr-1919-yil yanvar)
- Longin Tsegelskiy (1919-yil yanvar-fevral)
- Mixail Lozinskiy (1919-yil mart-aprel)
- Stepan Vitvitskiy (1919-yil aprel-1920-yil fevral)
- Kost Levitskiy (1920-yil fevral-1923-yil)
Ikkinchi jahon urushidan keyingi rasmiylar
tahrir- Tashqi ishlar vazirligi xalq komissarlari
- Oleksandr Korniychuk (1944-yil fevral-iyul)
- Dmitriy Manuilskiy (1944-yil iyul-1946-yil 15-mart)
- Tashqi ishlar vazirlari
- Dmitriy Manuilskiy (1946-1952-yil 15-mart)
- Anatoliy Baranovskiy (1952-yil 10-iyun-1953-yil 17-iyun)
- Luka Palamarchuk (1953-yil 17-iyun-1954-yil 11-may)
- Luka Palamarchuk (1954-yil 11-may-1965-yil 13-avgust)
- Dmitriy Bilokolos (1966-yil 16-mart-1970-yil 11-iyun)
- Georgiy Shevel (1970-yil 10-avgust-1980-yil 1-noyabr)
- Vladimir Martynenko (1980-yil 18-noyabr-1984-yil 28-dekabr)
- Vladimir Kravets (1984-yil 28-dekabr-1990-yil 27-iyul)
- Anatoliy Zlenko (1990-yil 27-iyul-1991-yil 24-avgust)
- Tashqi ishlar vazirlari (SSSR parchalangandan keyingi)
- Anatoliy Zlenko (1991-yil 24-avgust-1994-yil 25-avgust)
- Xennadiy Udovenko (1994-yil 25-avgust-1994-yil 16-sentabr)
- Xennadiy Udovenko (1994-yil 16-sentabr-1998-yil-17 aprel)
- Boris Tarasiuk (1998-yil 17-aprel-2000-yil 29-sentabr)
- Anatoliy Zlenko (2000-yil 2-oktyabr-2003-yil 2-sentabr)
- Kostyantyn Gryshchenko (2003-yil 2-sentabr-2005-yil 3-fevral)
- Boris Tarasiuk (2005-yil 4-fevral-2006-yil 1-dekabr)
- Boris Tarasiuk (2006-yil 5-dekabr-2007-yil 30-yanvar)
- Volodimir Ohryzko (2007-yil 31-yanvar-2007-yil 21-mart)
- Arseniy Yatseniuk (2007-yil 21-mart-2007-yil 18-dekabr)
- Volodimir Ohryzko (2007-yil 18-dekabr-2009-yil 3-mart)
- Petro Poroshenko (2009-yil 9-oktyabr-2010-yil 11-mart)
- Kostyantyn Gryshchenko (2010-yil 11-mart-2012-yil 24-dekabr)
- Leonid Kojara (2012-yil 24-dekabr-2014-yil 23-fevral)
- Andriy Deshchitsia (2014-yil 27-fevral-2014-yil 19-iyun)
- Pavlo Klimkin (2014-yil 19-iyun-2019-yil 29-avgust)
- Vadim Pristayko (2019-yil 29-avgust-2020-yil 4-mart)
- Dmitriy Kuleba (2020-yil 4-mart –)
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakillari
tahrir- Ihor Dolhov (2001—2002)
- Markiyan Lubkivsky (2003—2005)
- Vasyl Filipchuk (2005—2006)
- Andrii Deshchytsia (2006—2008)
- Vasyl Kyrylych (2008—2009)
- Oleksandr Dykusarov (2010-2013)
- Yevhen Perebyinis (2013-2015)
- Mariana Betsa (2015—2018)
- Kateryna Zelenko (2018—2020)
- Oleh Nikolenko (2020-)
Manbalar
tahrir- ↑ „History of the MFA“ (uk). Ministry of Foreign Affairs of Ukraine. 2008-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-avgust.
- ↑ Rada appoints Poroshenko Ukraineʼs foreign minister, Kyiv Post (October 9, 2009)
- ↑ Spіvpratsya Ukraїni ta YuNYeSKO (Wayback Machine saytida 2011-07-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Sergiy Kyslytsya - Deputy Minister of Foreign Affairs of Ukraine - MFA of Ukraine“. mfa.gov.ua. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ Postіyne Predstavnitstvo Ukraїni pri YuNYeSKO (Wayback Machine saytida 2011-07-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ List of departments associated with UNESCO (Wayback Machine saytida 2012-10-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ List of schools associated with UNESCO (Wayback Machine saytida 2012-10-08 sanasida arxivlangan)