Ukraina milliy fanlar akademiyasi

Ukraina milliy fanlar akademiyasi — Ukrainaning oliy davlat ilmiy tashkiloti. 1918-yil 27 noyabr da tashkil etilgan. Kiyev shahrida joylashgan. Uning 1prezidenta — mashhur geolog olim va geokimyogar V. I. Vernadskiy. Dastlab akademiya 3 int, 15 komissiya va milliy kutubxonani birlashtirgan 3 ilmiy boʻlimdan iborat boʻlgan. Akademiya tarkibidagi 3 seksiya, 14 boʻlim, 170 ga yaqin institut va boshqa ilmiy muassasada 13 mingdan ortiq ilmiy xodim ishlaydi. Fanlar akademiyasining 500 dan ziyod haqiqiy va muxbir aʼzosi, 130 xorijiy aʼzosi bor. 7 mintaqaviy ilmiy markaz, 2 ilmiy kutubxona, 2 nashriyot mavjud, 80 ga yaqin ilmiy jur., monografiya, maʼlumotnoma, darslik, lugʻat, ilmiyommabop adabiyotlar nashr etadi. Akademiyada turli yoʻnalishdagi ilmiy maktablar shakllangan. Jumladan, Ye. O. Pa/yaonning elektr payvandlash, V. M. Glushkovning kibernetika maktablari jahonga mashhur. Akademiya 50 dan ortiq mamlakatning ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Akademiya MDH mamlakatlari FAlarini birlashtiruvchi Xalqaro Fanlar akademiyasi assotsiatsiyasini tuzish tashabbuskori. 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar ishida qatnashadi. Prezidenta B.Ye. Paton (1962-yildan).